Surxondaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda.
Huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanovning ma’lum qilishicha, 24-iyul kuni Surxondaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi 3 ming dollar olayotganda ushlangan.
U o‘tgan yillarda ibratli sudya tanlovlarida g‘olib bo‘lgan nufuzli shaxslardan biri bo‘lgan.
Hozircha holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirilmadi.
Ma’lumot uchun, “ibratli sudya” mukofoti 2020-yilda joriy etilgan bo‘lib, ushbu mukofot bilan odil sudlovni amalga oshirishda samarali faoliyat yuritgan sudyalar yil yakuni bo‘yicha taqdirlanadi.
Izoh (0)