Angliya terma jamoasi hujumchisi Olli Uotkins Niderlandiyaga (2:1) qarshi Yevro—2024 yarim final uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi.

Uchrashuvning yettinchi daqiqasida Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Xavi Simons raqib jarima maydonchasi tashqarisidan yuqori burchakka zarba yo‘llab, hisobni ochdi. 18-daqiqada Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Denzel Dumfris tomonidan qo‘pollik ishlatilgani uchun belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. 90-daqiqada hujumchi Olli Uotkinsning aniq zarbasi inglizlarga g‘alaba keltirdi.
Angliya terma jamoasi Yevro—2024 finalida Ispaniya bilan o‘ynaydi. Uchrashuv 14-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Amaldagi chempion Italiya termasi Yevro—2020 finalida Angliya terma jamoasini mag‘lub etgan edi.
Izoh (0)