BBC sharhlovchisi Jon Xantning rafiqasi va ikki qizi uyda arbalet bilan otib ketildi.
![](/static/2024/07/11/Screenshot 2024-07-11 101908-pf4-Bm1_.png)
Kerol Xant (61), Xanna Xant (28) va Luiza Xant (25) jiddiy jarohatlar bilan Xertfordshirdagi uyidan topilgan. Oilaning uch a’zosi ham voqea joyida vafot etgan.
Politsiya 26 yoshli Kayl Kliffordni qidirmoqda, u Xertfordshirda yoki shimoliy Londonda yashiringan bo‘lishi mumkin. Gumonlanuvchi arbalet bilan qurollangan.
![](/static/2024/07/11/Screenshot 2024-07-11 102553-FHAKs574.png)
Klifford Britaniya armiyasida xizmat qilgan, u 2022-yilda nafaqaga chiqqan.
![](/static/2024/07/11/Screenshot 2024-07-11 101738-qPRzuJCn.png)
“Bugungi kunda bizning asosiy maqsadimiz odamlarni himoya qilish va uchta ayolning o‘ldirilishida gumon qilinayotgan Kayl Kliffordni topishdir, biz buni rejalashtirilgan qotillik deb hisoblaymiz”, —dedi politsiya vakili Jon Simpson.
Jon Xant — BBC va Sky telekanallari sharhlovchisi. U ot poygalarini sharhlagan.
Izoh (0)