Germaniyada 46 yoshli ayol niqob kiygan holda mashina haydashiga ruxsat berilmagani uchun sudga murojaat qildi. Bu haqda Bild xabar berdi.
Germaniyada yuzni yopib turuvchi kiyim bilan mashina haydash taqiqlangan, ammo ayol bu qoidaga e’tiroz bildirmoqda. U to‘rt yildan beri shu tarzda mashina haydash huquqini olishga harakat qilmoqda. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, niqob tufayli uni jamoat transportida tez-tez tanqid qilishadi, shuning uchun u o‘z mashinasini haydashni xohlaydi.
Kimga xohlasam, o‘shanga yuzimni ko‘rsatishga haqqim bor. Ko‘chadagi hamma meni ko‘rishini yoki tanishini istamayman. Men uchun niqob erkinlik va tinchlik tuyg‘usidir, degan ayol.
Hozirda uning ishini Shimoliy Rey-Vestfaliya Oliy sudi ko‘rib chiqmoqda. Dastlab sud murojaatni rad etgan, shundan keyin ayol apellyatsiya topshirgan.
Ayollarning mashina haydashi uchun turli sabablari bo‘lishi mumkin — bolalarini maktabga yoki bog‘chaga olib borish, degan u.
Izoh (0)