Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish 30-iyun kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
Oliy martabali mehmonni bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Ikki kunlik tashrif doirasida Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Kun tartibidan O‘zbekistonning BMT va uning institutlari bilan ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari, shuningdek, global siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari o‘rin olgan.
Mamlakatda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Tashrif davomida BMT bosh kotibi qator sanoat va ijtimoiy soha obyektlarini ham borib ko‘radi, ikki tomonlama uchrashuv va tadbirlar o‘tkazadi.
Izoh (0)