1-iyun — Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan LUKOIL homiyligi va ko‘magida bolalar ansambllari, yosh ijrochilar va estrada yulduzlari ishtirokida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan yosh iste’dodlar festivali bo‘lib o‘tdi. Bu yilgi konsert “Biz farzandlarimiz kelajagi uchun” shiori ostida o‘tkazildi.
Bolalarni himoya qilish kuni bayrami oqshomida Xalqlar do‘stligi saroyi maydoni yorqin chiroqlar bilan yoritib, yosh iqtidorli bolalar va ijrochilarning chiqishlarini zavq bilan tomosha qilishni istagan minglab tomoshabinlarni jamladi. Maydon uzra bolalarning jarangdor ovozlari yangraganida, yig‘ilganlar ularni olqishlarga ko‘mdi.
Harakatli raqslar, jo‘shqin milliy musiqalar, klassik operadan tortib, hip-hop va rok musiqasigacha bo‘lgan turli janrlardagi chiqishlar dasturni boy va qiziqarli bo‘lishiga hissa qo‘shdi. Festivalning haqiqiy kashfiyoti yangi nomlar bo‘ldi. Festival qatnashchilariga LUKOIL kompaniyasining ishtirok etganlik to‘g‘risidagi diplomlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.
LUKOIL ko‘magida to’rtinchi bor o‘tkazilayotgan yosh iste’dodlar festivali Toshkent jamoatchiligining sevimli tadbirlaridan biriga aylandi. Festival ijodini endi boshlanayotgan san’atkorlarga o‘zlarini tanitishga, mamlakatning asosiy konsert sahnasida o‘z kuchlarini sinab ko'rishga va kelgusida muxlislarning qalbini zabt etishiga zamin hozirlaydi. Konsertga Mehribonlik uylari va maxsus maktab-internat tarbiyalanuvchilari ham taklif etildi. Yosh iste’dod egalarining chiqishlari, raqs va vokal ijrolari turli interfaol o‘yinlar va tanlovlar bolalarga manzur bo‘ldi. Bolalarning sevimli san’atkorlari bilan uchrashuvi ular uchun haqiqiy syurpriz bo‘ldi- Muxlisalardan qoldirilgan izoh
“Farzandlarimizning baxtli va sog'lom bo'lishlari uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishimiz kerak, biz bir necha yildan beri ushbu konsertda qatnashib kelamiz, iqtidorli bolalar ko‘pligini bilib, ularni professional sahnada ko‘rish juda zavqli va quvonarli, tashkilotchilarning Mehribonlik uylari bolalariga bo‘lgan e’tibori ham tahsinga sazovor, dunyodagi barcha bolalarning baxtli va unitilmaslik bolaligi bo‘lishini, har bir bola sog'lom voyaga yetishini va biz, kattalarning g‘amxo‘rligi ostida ulg‘ayishlarini istardim”, deya izoh berdi tomoshabinlardan biri.
Bolalarni himoya qilish kuni yosh avlodga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishning ramziy kuniga aylandi. Ko‘p yillar davomida “LUKOIL Uzbekistan Operating Company” kompaniyasi ham ushbu ezgu ishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. LUKOILning bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy faoliyati har yili bayramlar tashkil etish bilangina cheklanmaydi. LUKOIL xayriya loyihalarining aksariyati nogiron, og‘ir kasalliklarga chalingan bolalar, mehribonlik uylari va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. LUKOIL bolalar tibbiyot muassasalariga, xayriya va jamoat fondlariga yordam berib kelmoqda. Jumladan, kompaniya tomonidan respublika ixtiyoriga uchta bolalar bog‘chasi sovg‘a qilingan bo‘lib, ularning ikkitasida bemor bolalarni reabilitatsiya qilish markazlari ham mavjud. Shuningdek, Toshkent, Qarshi va Buxoro shaharlarida bir nechta maktab-internatlar ta’mirlanib, jihozlandi.
Bolalar umrining eng qadrli ne’matidir. Biz bor mehrimizni, kuchimiz va imkoniyatlarimizni ularni sog‘lom va baxtli tarbiyalash, ularga munosib ta’lim berish va hayotda o‘z yo‘llarini topishlari uchun ko‘maklashishga yo‘naltiramiz. Ular qanday dunyoda yashashlari ham bizga bog‘liq. Biz farzandlarimizning kelajagi uchun mas’ulmiz!
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)