LUKOIL jamoasi poytaxtdan 12 kilometr uzoqlikdagi Toshkent - Samarqand hududining O‘zbekiston M39 avtomagistralida ikkita ko‘p tarmoqli yoqilg’i quyish shahobchalarini foydalashishga topshirdi. Tantanali ochilish marosimida, energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ham ishtirok etdi.
AYOQSHning umumiy qurilish maydoni ikki gektarga yaqin yerni tashkil etadi. AYOQSH hududi atrofida do'kon, ovqatlanish havzasi, sport va bolalar maydonchasi joylashgan.
LUKOILning keng funksiyalik AYOQSH majmualari xalqaro standartlarga asoslanib, mahalliy mintaqaviy xususiyatlarni inobatga olgan xolda iqlim sharoitiga moslashtirilgan. Bekat hududida namozxona hamda oynali dam olish ayvoni mavjud, shuningdek milliy taomlarni tayyorlash maqsadida tandir ham o’rnatilgan.
Yoqilg’i quyish shahobchasi faoliyatini tartibga solish bo’yicha ishlar xalqaro avtomagistrallardagi transport oqimini hisobga olgan holda amalga oshirildi – sutkaviy 40 mingdan ziyod avtomobillar harakatlanishi inobatga olingan.
Toshkentdan O‘zbekistonning eng yirik shaharlaridan biri bo’lmish – Samarqandgacha bo‘lgn yo‘lda haydovchilar dam olishlari va avtomobillariga LUKOIL yoqilg‘isining yuqori sifatli turlari, jumladan EKTO-100 yoqilg‘isini quyishlari mumkin bo‘ladi.
Reklama huquqi asosida