Vensan Kompani “Bavariya” bosh murabbiyiga aylandi.
Myunxenliklar 38 yoshli mutaxassis bilan 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Avvalroq, “Bavariya” Kompani uchun “Byornli”ga 10-15 million yevro to‘lab berishi xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Tomas Tuxel Myunxen klubi murabbiyligidan iste’foga chiqarilgandi.
Vensan futbolchilik faoliyati davomida “Anderlext” (2002—2006, 2019—2020), “Gamburg” (2006—2008) va “Manchester Siti” (2008—1019) kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
Izoh (0)