O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Pokiston prezidentiga vazir O‘zbekiston prezidentining salomini yetkazgan.
“Ikki tomonlama munosabatlarimizda hali foydalanilmagan ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan O‘zbekiston—Pokiston aloqalarini kengaytirish tarafdorimiz. Uchrashuvimiz kun tartibida iqtisodiy diplomatiyadagi muhim imkoniyatlarni ko‘rsatuvchi keng ko‘lamli mavzular muhokama qilindi. Biz davlat tashkilotlari va xususiy sektor vakillari o‘rtasida mustahkam hamkorlikni rag‘batlantiramiz”, — deyiladi xabarda.
Kecha, 8-may kuni Baxtiyor Saidov Pokiston savdo vaziri Jam Kamol Xon bilan ham uchrashuv o‘tkazgan edi.
Izoh (0)