Super yarim o‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Isroil Madrimov 3-avgust kuni Terens Kroufordga qarshi jang qiladi.
Jang rasman tasdiqlangan matbuot anjumanida Madrimov bo‘lajak jang haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
“Professional boksdagi faoliyatimni boshlagan paytimda Terens kabi bokschilarga qarshi jang o‘tkazishni orzu qilganman.
Bugun sevimli bokschimiz, P4P reytingi yetakchisi bo‘lgan Terens Krouford bilan jang o‘tkazish imkoniyatini qo‘lga kiritdim. Menga uning uslubi yoqadi. Uni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim.
3 avgust kuni kamarimni himoya qilishga tayyor bo‘laman”.
WBO yo‘nalishining vaqtinchalik kamari uchun kechadigan jang 3-avgust kuni Los-Anjeles shahrida o‘tkaziladi.
Izoh (0)