O‘zbekistonda ayni paytda ishlayotgan pensionerlar haqida ma’lumot berildi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga ko‘ra, ishlayotgan pensionerlar soni 579 995 nafar:
- Davlat tashkilotlarida — 251 919 nafar (43,5 foiz);
- Xususiy subyektlarda — 328 076 nafar (56,5 foiz).
Ishlovchi pensionerlar orasida ayollarning faolligi kuzatilmoqda:
- Erkaklar — 234 598 nafar (40,4 foiz);
- Ayollar — 345 397 nafar (59,6 foiz).
Fuqaro bir vaqtning o‘zida ikki turdagi pensiyani olishi mumkinmi?
Ayrim holatlarda fuqarolarda bir vaqtning o‘zida ikki turdagi pensiyani olish uchun huquqi paydo bo‘ladi. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasiga ko‘ra, davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga ularning o‘zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.
Ya’ni agar fuqarolarda ikki yoki undan ortiq pensiyani olish uchun huquq paydo bo‘lganda, yuqoridagi qonun moddasiga asosan, fuqaroning tanlovi bilan faqat bitta turdagi pensiyani olishi mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)