Ramazon oyi — mo‘min-musulmonlar uchun muhim oy bo‘lib, bu oyda oila davrasida bo‘lish odat tusiga kiradi. Ko‘pchilik o‘zbeklar bayramni yaqinlaridan uzoqda nishonlashadi. Ammo yangi texnologiyalar tufayli, bir-biringizni onlayn ko‘rish va Profee.com tezkor pul o‘tkazmalari tizimidan foydalanib sovg‘a yuborishingiz mumkin.
Bularning barchasi haqida maqolada gapirib beramiz.
Ramazon qachon boshlanadi?
Musulmonlarning muqaddas oyi bir kun davom etmaydi. 2024-yilda Ramazon oyi 10-martda boshlandi. Ramazon boshlanganda ro‘za tutish ham boshlanadi.
Ramazon ro‘zasi har bir musulmon uchun o‘zgacha davrdir. Ramazon oyida kuniga kamida 20 daqiqani oilangiz bilan muloqot qilishga bag‘ishlash muhim, bu nafaqat shaxsiy e’tiqodingizni, balki oilaviy rishtalarni ham sezilarli darajada mustahkamlaydi. Hozirgi zamonda, texnologiya rivoji bilan siz har doim O‘zbekistondagi oilangiz bilan umumiy qo‘ng‘iroqni tashkil qilishingiz mumkin.
Afsuski, sizning vataningiz va yangi yashash joyingiz o‘rtasida ko‘pincha katta vaqt farqi bo‘ladi, shuning uchun birga iftorlik qilishning iloji bo‘lmaydi. Kechqurunlari video qo‘ng‘iroq orqali birgalikda nimalar qilish mumkinligi haqida ba’zi fikrlar bilan bo‘lishamiz.
1. “Uyqudan oldin oilaviy ertak”.
Taymerni 10 daqiqaga o‘rnating. Hamma bir xonada yig‘iladi. Navbat bilan qisqa islomiy hikoyalarni ayting yoki o‘qing. Islom dini bo‘yicha tavsiyalar qatoriga “Islomiy ertaklar xazinasi”, “Payg‘ambar alayhissalomning sahobalari” va boshqalar kiradi. Agar hikoya uzun bo‘lsa, 10 daqiqa davomida faqat uning boshini o‘qing. Ertasi kuni davom ettiring. O‘qish jarayonini shunchalik qiziqarli va ifodali qiling-ki, u har bir tinglovchining diqqat-e’tiborini torsin. Bu nafaqat bolalar uchun qiziqarli bo‘ladi. Hikoyalar kattalar uchun ham bo‘lishi mumkin, shuning uchun ota-onalar va boshqa qarindoshlar ham oilaviy "Ertaklar"ga jalb qilinishi mumkin.
2. Oilangiz bilan onlayn ibodat qiling.
Aksariyat ibodatlar kamdan-kam hollarda 20 daqiqadan ko‘proq vaqtni oladi, aslida buning uchun 10 daqiqa yoki undan kamroq vaqt ketadi. Birgalikda o‘qish uchun duoni tanlang va barchani onlayn ishtirok etishga undang.
3. Zoom orqali birga saharlik qiling.
Ha, sizga vaqt farqi tufayli, juda erta, deyarli tunda turish qiyin bo‘lar. Ammo bu sizni bir oila sifatida birlashtiradi. Bu haqda hadis bor. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ba’zi sahobalari: "Biz ovqatlanamiz, lekin to‘ymaymiz", dedilar. Shunda Payg‘ambar alayhissalom "Ehtimol, alohida ovqatlanarsiz?", deb so‘radilar. Sahobalar "Ha", deb javob berishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Birga ovqatlaninglar va taomlaringiz ustida Allohning ismini zikr qilinglar. Bu sizga barakali bo‘ladi", dedilar.
Ramazon oyida asosiy qoida — birga ovqatlanish. Bu hadisdan ma’lum bo‘lganidek, faqat ovqatlanishdan ko‘ra kengroq ma’noni ifodalaydi. Bu nafaqat jismoniy ishtahamizni qondirish, balki do‘stona muloqotga bo‘lgan ruhiy va hissiy ehtiyojimizni ham qondirishdir. Bunday do‘stlikni oilalarimizdan ko‘ra yaxshiroq bo‘lgan boshqa kim bilan qurish mumkin?
4. Ramazon va Ro‘za hayitlarida oilalarga pul o‘tkazish mumkin.
Oila mehmonlar uchun iftorlik dasturxon tuzadi va buning uchun yordam juda muhim bo‘ladi. Siz Ramazon oyida iftorlik uchun kechki ovqatga buyurtma berishingiz va oilangiz va do‘stlaringizga yoqimli tuhfa uyushtirishingiz mumkin. Buning uchun avvalo O‘zbekistonda ochilgan kartangizga pul o‘tkazishingiz kerak bo‘lishi mumkin.
5. Bayramga kelishga harakat qilishingiz mumkin, bundan butun oila bag‘oyat xursand bo‘ladi. Buning uchun, albatta, O‘zbekistondagi kartangizga ham pul o‘tkazib qo‘yishingiz kerak.
6. 10 daqiqalik onlayn Ramazon hunarmandchiligi
San’at va hunarmandchilik qiziqarli va terapevtik bo‘lishi mumkin. Lekin undan zavqlanish uchun molbert oldida soatlab o‘tirish shart emas. Ramazon oyiga moslab ajoyib g‘oyalarni tanlash uchun Google’da “tez va oson hunarmandchilik” deb yozishingiz mumkin. Barcha kerakli materiallarni oldindan tayyorlang, yaqinlaringizga kerakli narsalarni sotib oling, shunda hunarmandchilikning o‘zi haqiqatan ham 10 daqiqa yoki undan kamroq vaqtni oladi. Farzandlaringiz videoqo‘ng‘iroq orqali o‘z sovg‘alarini yasash jarayonini ko‘rsatishsin. Bu bebaho onlar bo‘ladi!
7. Ramazon, rahm-shafqat va mag‘firat oyi, — yomon odatlardan voz kechish va yangi foydali ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun eng yaxshi vaqtlardan biridir, chunki musulmonlar uchun ro‘za tutish nafaqat ovqat va suvdan, balki yomon fikrlardan ham tiyilishni o‘z ichiga oladi.
Ramazon oyida avval qutilmoqchi bo‘lgan yomon odatlaringizni yozib ko‘ring. Keyin odatni tashlash uchun qanday qadamlar qo‘yishni rejalashtirganingizni yozing. Albatta, ba’zi odatlardan voz kechish boshqalarga qaraganda qiyinroq bo‘ladi. Ayniqsa, ko‘p yillar davomida o‘rganilgan bo‘lsa. Ammo ozginadan boshlasangiz ham, o‘zingizni takomillashtirish uchun qilgan har bir harakatingiz katta o‘zgarishlarga olib keladi.
Foydali odatga ega bo‘lishingiz va rahmdilroq bo‘lishingiz mumkinligini unutmang. Kambag‘allarga, bolalarga, nogironlarga, jonivorlarga yordam berish - Ramazonda hammasi savob. Xorijdan O‘zbekistonga ehsonlarni ham onlayn yuborishingiz mumkin.
Bayram uchun o‘z mamlakatingizga barcha pul o‘tkazmalarini (xayriya, iftorlik va bayramona dasturxonlar va sovg‘alar) Profee yordamida amalga oshirish mumkin. Kompaniya Ramazon va bayram kunlarida maxsus aksiya o‘tkazmoqda – faqat 14-aprelgacha O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarini yevro va boshqa Yevropa valyutalarini so‘mga konvertatsiya qilish uchun komissiyasiz va o‘ta qulay promo kurs bilan jo‘natish mumkin.
Profee – bu tez
Yevropaning istalgan kartasidan O‘zbekistonning HUMO va UzCard to‘lov tizimlari kartalariga o‘tkazmalar bir zumda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Profee eng oson ro‘yxatdan o‘tish tizimiga ega. Ro‘yxatdan o‘tish boshlanishidan birinchi muvaffaqiyatli o‘tkazmagacha bo‘lgan butun jarayon besh daqiqadan ko‘p vaqtni olmaydi.
Profee bilan Yevropadan O‘zbekistonga pul o‘tkazish xavfsiz
Profee - Yevropa Ittifoqining standartlari va qonunchiligiga muvofiq ishlaydigan rasmiy EMI (electronic money institution) lisenziyasiga ega bo‘lgan Yevropa kompaniyasidir. Kompaniyaning xavfsizlik sertifikatlari o‘z vaqtida yangilanib turadi. Shu bilan birga, Profee nafaqat tartibga soluvchi organlarning qonuniy talablariga rioya qiladi, balki o‘zining yuqori texnologiyali yechimlarini, shu jumladan ma’lumotlarni himoya qilish uchun ham ishlab chiqadi.
Foydalanishda oddiy va qulay
Profee sayti va mobil ilovasi - ikkalasi ham intuitiv, sodda interfeysga ega. Profee bilan siz kartadan ham, Apple, Google Pay’dan, shuningdek, SEPA, Sofort orqali Yevropa bank hisobvarag‘idan pul o‘tkazishingiz mumkin. Xizmatning sifati va xavfsizligi o‘tkazma usuliga bog‘liq emas. Profee’dan nafaqat O‘zbekistonga, balki dunyoning 65 dan ortiq mamlakatlariga pul o‘tkazishingiz mumkin.
Profee bilan Yevropadan O‘zbekistonga pul jo‘natish uchun nima qilish kerak?
1.Xizmatda ro‘yxatdan o‘ting
To‘liq ismingizni, telefon raqamingizni, elektron pochta manzilingizni, fuqaroligingiz davlatini (masalan, O‘zbekiston), Yevropada istiqomat qilayotgan davlatingizni va undagi manzilingizni (masalan, Germaniya) ko‘rsatish kifoya. To‘liq ro‘yxatga olish 2-3 daqiqa davom etadi.
2.Mamlakatlar, miqdor, oluvchi va jo‘natuvchi ma’lumotlarini kiriting
Qabul qiluvchiga UzCard yoki HUMO karta raqami hamda kartada yozilganidagi kabi ismi va familiyasi kerak bo‘ladi. Yuboruvchidan boshqa hech narsa talab qilinmaydi.
Yuboruvchi o‘zining Yevropa kartasi yoki hisob ma’lumotlarini taqdim etishi kerak. Yoki Google Pay hamda Apple Pay’lardan birini tanlashi lozim.
3️. Pulni o‘tkazing
Barcha ma’lumotlarni kiritganingizdan so‘ng, siz qancha pul yuborilayotganini, qayerdan va qayerga yuborilishini tekshirishingiz kerak bo‘ladi. O‘tkazma tasdiqlangandan keyingina bankka so‘rov yuboriladi. Kartadan to‘lov bankdan xavfsizlik kodini kiritgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Ko‘pchiligimiz Ramazon oyiga toza, taqvodor niyatlar bilan kiramiz. Namozlarimizni mukammal amalga oshirish, Qur’on o‘qish, Islom dinini o‘rganish, xayriya ishlarini ko‘paytirish va umumiy xayrli ishlarimizni ko‘paytirishni rejalashtiramiz. Biroq, rejalarga rioya qilish har doim ham oson emas, ayniqsa siz uydan uzoqda, begona yurtda bo‘lganingizda.
Ammo oilangiz bilan har kuni muloqot qilish va har ikki tomonning doimiy qo‘llab-quvvatlashi nurli Ramazon oyida rejalashtirgan hamma niyatlaringizni amalga oshirish uchun ajoyib motivatsiya bo‘ladi.
Reklama huquqi asosida