Toshkent shahar Shayxontohur tumanida 53 marta qoida buzgan haydovchining mashinasi auksionga chiqarilmoqda.
Xabar berilishicha, Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining qarorlariga asosan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni 53 marotaba sodir etgan fuqaro X.M.dan davlat foydasiga jami 20 million 664 ming 239 so‘m ma’muriy jarima undirish haqidagi ijro hujjatlari Byuroning Shayxontohur tumani bo‘limi ish yurituvida mavjud.
Qarzdor fuqarodan 20,6 million so‘mlik qarzdorlikni undirish maqsadida davlat ijrochisi M.R. qarzdorni bir necha marotaba ogohlantirgan bo‘lishiga qaramay, fuqaro qarzdorlikni to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan. Shu sababli qarzdorga tegishli bo‘lgan Cobalt jarima maydonchasiga olib kirildi.
Hozirda auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.
Izoh (0)