Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida fuqaro nomaʼlum yovvoyi hayvon parrandalarini nobud qilganini aytdi. “Hisor” davlat qo‘riqxonasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Unga ko‘ra, 4-mart kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani “Qani” qishlog‘ida yashovchi fuqaro N.Z.ning hovlisiga nomaʼlum yovvoyi hayvon kirib, uy parrandalarini nobud qilgan va tovuqxonaga qamalib qolgan.
Holat yuzasidan Shahrisabz tuman ekologiya bo‘limi, “Hisor” davlat qo‘riqxonasi, Shahrisabz tuman FVB xodimlari va Shahrisabz tuman obodonlashtirish bo‘limining maxsus guruhi tomonidan tezkor choralar ko‘rildi. Fuqaro xonadoniga borilganda mazkur yovvoyi hayvon yovvoyi dala mushugi ekani aniqlandi.
Ko‘rilgan choralar natijasida yovvoyi dala mushugi xonadondan olib chiqilib, xavfsizlik taʼminlandi hamda vaqtinchalik saqlash uchun Shahrisabz tuman obodonlashtirish bo‘limining maxsus xonasiga joylashtirildi. Hozirda yoyovoyi dala mushuginini o‘zi yashaydigan yovvoyi tabiat qo‘yniga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Izoh (0)