Burkina-Faso davlatining shimolidagi uchta qishloqda qurolli shaxslar 170 ga yaqin aholini o‘ldirdi.
Bu haqda Agence France-Presse mintaqa prokurori Uahiguya Ali Benjamin Kulibaliga tayanib xabar bermoqda.
“Olingan ma’lumotlar Shimoliy mintaqadagi Komsilga, Nodin va Soroe qishloqlarida 170 kishining o‘ldirilganini tasdiqladi”, — dedi u.
Kulibalining aytishicha, hujum haqida ilk bor 25-fevral kuni xabar berilgan. Hozir qishloqlarga hujum qilgan jangarilar qaysi guruhga tegishli ekanligi aniqlanmoqda.