Bir necha kun avval taniqli xonanda Beyonse o‘zining Cécred nomli kosmetika brendini yo‘lga qo‘ygani haqida e’lon qildi. Ilk kolleksiya soch parvarishi to‘plamidan iborat.
![](/static/2024/02/29/01-v7Ep64df.webp)
Beyonse yaqinda bergan intervyusida u onasining go‘zallik salonida sartarosh bo‘lib ishlagan paytlarini xotirladi. O‘sha vaqtlar u taniqli xonanda bo‘lishni qattiq orzu qilar edi:
“Sartaroshxonada ishlab yurgan vaqtlarim sahna haqida ilk bor orzu qilishni boshladim. Meni bunga onamning mijozlaridan biri ilhomlantirgan. U opera xonandasi bo‘lib, turli davlatlarga gastrol safarlari, xususan, Germaniyaga qilgan sayohati haqidagi hikoyalari menda kata taassurot qoldirgan edi. Men onamga uning mijozi kabi bo‘lishni istashimni aytganim hanuz esimda”.
![](/static/2024/02/29/03-hWS5zXei.jpg)
Shuningdek, Beyonse o‘z imijiga turli o‘zgartirishlar kiritishda sartaroshxonadagi ijodiy muhit motivatsiya berganini ta’kidladi:
“Men rassomga o‘xshasam kerak. San’atdan ilhomlanib, turli g‘oyalarni sochlarimda aks ettira olaman”, — deydi xonanda.
Izoh (0)