Buyuk Britaniya shahzodasi Garri o‘zining omma oldida so‘nggi ko‘rinishida skeleton yo‘lidan 61,5 mil tezlikda yugurib o‘tdi. U bu hayajonli tajriba va hamma uchun “majburiy” bo‘lishi kerakligini aytdi.
Shahzoda Garri rafiqasi Megan bilan Kanadaning Vistler shahrida bo‘lib turibdi va u kelasi yil bo‘lib o‘tadigan musobaqaga tayyorlanayotgan jamoa bilan bir necha kunni o‘tkazdi.
2014-yilda “Sasseks gersogi” nomi bilan tashkil qilingan musobaqa paralimpik uslubda o‘tkazilib, unda jarohatlangan va bemor harbiylar qishki sport turlarida bellashishi mumkin. Musobaqa keyingi yil Vistler va Vankuver shahrida bo‘ladi.
![](/static/2024/02/17/changi ikki-uvst8EYK.jpg)
Tomoshabinlar Garrining rafiqasiga ham urinib ko‘rinishni maslahat berishganida undan keskin “yo‘q” javobini olishdi.
![](/static/2024/02/17/changi1-dPv9I4J-.jpg)
Garri nogironlar uchun mo‘ljallangan “Sit-skiing” (o‘tirib chang‘i uchish sporti) sport turida ham o‘zini sinab ko‘rdi.
Izoh (0)