“Ulkan toj” turkumiga kiruvchi turnirlarning 22 karra chempioni, jahonning sobiq birinchi raqamli tennischisi, ispaniyalik Rafael Nadal hozirda jahon reytingi yetakchisi, 36 yoshli serbiyalik sportchi Novak Jokovich haqida gapirib o‘tdi.
![](/static/2024/02/16/djokovich-VgFkr_ej.jpg)
“Novak yaxshi inson. Uning muvaffaqiyatini ko‘rsam, doim xursand bo‘laman. Men uni tarixdagi eng yaxshi tennischi deb atagan bo‘lardim. Uning tana tuzilishi menikidan yaxshiroq va bu ham uning muvaffaqiyatidagi muhim jihat”, — deydi Nadal.
Eslatib o‘tamiz, Jokovich Australian Open 2024 turnirida chempionlik titulini himoya qila olmadi. U italiyalik Yannik Sinnerga yutqazdi.
Serbiyalik tennischi ishtirok etadigan navbatdagi turnir Indian-Uellsdagi (AQSh) Masters turniri bo'ladi.
Ushbu musobaqa 6-17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Jokovich “Ulkan toj” turkumidagi musobaqalarning 24 tasida g‘olib bo‘lgan.
Izoh (0)