Dolf Lundgren va uning turmush o‘rtog‘i Emma Krokdal rasman AQSH fuqarolariga aylandi. Bu haqda People xabar bermoqda.
12-fevral dushanba kuni aktyor rafiqasi bilan Los-Anjelesda fuqarolikka qabul qilish marosimida ishtirok etishdi. Rasmda Shvetsiyada tug‘ilgan 66 yoshli Lundgren Amerika bayrog‘i va fuqarolik hujjati bilan suratga tushgan.
Aktyor jurnalistlarga bergan bayonotida: “Men AQSHga 40 yildan ortiq vaqtdan beri tashrif buyuraman. Amerikani va bu mamlakat menga bergan imkoniyatlarini yaxshi ko‘raman. Va nihoyat, AQSH fuqarosi bo‘lganimdan va bu mamlakatni rasman o‘z uyimga aylantirganimdan faxrlanaman”, — dedi.
Izoh (0)