“O‘zgidormet” 12—14-fevral kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-fevralda 11-16 daraja iliq, 13—14-fevralda 11-16 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 12-fevralda 12-17 daraja iliq, 13—14-fevralda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 12—13-fevralda 12-17 daraja iliq, 14-fevralda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 12-fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 13—14-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 12-fevralda qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 12-fevralda kechasi 1 daraja sovuq — 4 daraja iliq, kunduzi 1-6 daraja iliq, 13-fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 14-fevralda kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.
Avvalroq O‘zbekistonda 11-fevral kuni havo harorati 24 darajagacha ilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)