Rossiyada murakkab moliyaviy ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati.
Unga ko‘ra, Buryatiya Respublikasidagi “BestPlyus”, “Dubravа”, “SmitInvest”, Yekaterinburgdagi “STО”, Tuladagi “Transkapitalbank”, “Svetochniy mir”, Samaradagi “Samarskiy Stroyfarfor” korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlar hamda ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Permda murakkab moliyaviy ahvolda qolgan yurtdoshlarga yordam ko‘rsatildi. Volgogradda ishsiz qolgan fuqarolar ish bilan taʼminlandi va hujjatlari olib qo‘yilgan yurtdoshlarning pasportlari qaytarildi.
Shuningdek, Ufa shahridagi Boshqirdiston davlat agrar universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Sankt-Peterburg shahrida ko‘chada yiqilib, tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan fuqaro holidan xabar olindi.
Izoh (0)