• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Farmmafiya — yerga ko‘milgan mina”. Professor Zarifboy Ibodullayev bilan farmakologiya haqida suhbat

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda pul ishlash uchun farmkompaniyalar foydasiga retsept yozilayotganini tanqid qildi.

    “Dorilar yashirin aylanmasi bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmayapti. Ayniqsa, antibiotik qabul qilish ustidan nazorat umuman yo‘q. Protokollarga amal qilmasdan, pul ishlash uchun farmkompaniyalar foydasiga retsept yozilyapti. Bundan xalqimizning sog‘lig‘i ham, cho‘ntagi ham zarar ko‘ryapti”, — dedi prezident.

    Avvalroq Asab va ruhiyat ilmiy-tibbiy markazi direktori, professor Zarifboy Ibodullayev o‘zining Facebook sahifasida farmmafiya haqida yozgan edi.

    “Men har doim aytib keladigan ko‘zga ko‘rinmas yana bir o‘ta xavfli mafiya bor! Uning nomi — farmmafiya! Farmmafiyaga qarshi kurashni ham zudlik bilan boshlash kerak.

    So‘nggi kunlarda viloyat hokimlari ham farmkompaniyalar va ularga bog‘lanib qolgan doktorlar haqida achinib gapirishyapti va selektorlar o‘tkazishyapti. Bu yaxshi, albatta. Biroq ularni insofga chaqirish befoyda. O‘zbekistonga kirib kelgan dorilarni 4 toifaga ajratish mexanizmi va shu yo‘l bilan ta’sirsiz dorilarni (ko‘rinmas zahar) yurtimizdan surib chiqarish yo‘llarini aytib kelmoqdaman”, — degan edi olim.

    “Daryo” muxbiri Zarifboy Ibodullayev bilan farmkompaniyalar va farmmafiya haqida suhbatlashdi.

    “Tibbiyot farmkompaniyalarning quliga aylanib qolgan. Farmmafiyada faqat farmakologlar emas, qars ikki qo‘ldan chiqadi, deyilganidek, shifokorlar va farmakologlar birlashib ketgan.

    Ko‘cha mafiyasini hamma taniydi, lekin farmmafiyadagilarni siz tanimaysiz, bilmaysiz ham. Ko‘cha mafiyalari nima qilib qo‘yganini prokuratura yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilishi mumkin. Shifokor xato qilib qo‘ysa ham, bilsa bo‘ladi.

    Shunaqa dorilar bor, men ularni yerga qo‘yilgan mina bilan qiyoslagan bo‘lar edim. Unda six ham, kabob ham kuymaydi, sening o‘g‘riligingni ham bilmaydi, hamma ayb davolovchi shifokorda bo‘laveradi”, — dedi Zarifboy Ibodullayev.

    Uning alohida ta’kidlashicha, farmmafiya ta’sir doirasi yo‘q dorilar bilan ishlaydi.

    “Ular yaxshi o‘tayotgan dorini oladi-da, yangicha ko‘rinishda, chiroyli qadoqlab ishlab chiqaradi. Reklama qiladi, targ‘ibotiga zo‘r beradi. Men shifokor sifatida o‘sha dorini yozib beraveraman, lekin davo bo‘lmaydi. Aksincha, bemor nogiron bo‘lib qolishi ham mumkin.

    Bemorning qarindoshlari shikoyat qildiyam deylik. Tekshiruvchilar kelib birinchi navbatda davolash va diagnostika standartini ochadi. Shular tartib bilan qilinganmi — ha, qilingan. Davolash standart bo‘yicha dorilar ko‘rsatilgan dozada yozib berilganmi — ha, shunday qilingan. Shunda kelgan tekshiruvchi uzr, doktor, deb ketadi. Chunki hamma ish tartib bo‘yicha qilingan bo‘lib chiqadi. Lekin o‘sha dorining ichi qanaqaligi bilan hech kimning ishi yo‘q. Faol modda 20 milligramm deb yozilgan bo‘lsa-yu, ammo 2 milligramm bo‘lsa, kim tekshirib o‘tiribdi? Farmagentlik tekshirmaydimi, degan savol tug‘iladi. Bitta partiyasini tekshirib o‘tkazib, qolganini tekshirmay o‘tkazishi mumkinmi? Mana buni farmmafiya deydi”, — dedi olim.

    Zarifboy Ibodullayev bunday muammolarni bartaraf etish uchun xalqaro ekspertlar ishtirokida butun O‘zbekistondagi dorixonalardagi dorilarni tekshirish va uni to‘rt toifaga bo‘lishni taklif qilmoqda.

    06.02.2024, 19:46   Izoh (0)   13595
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda tarkibi tekshirilmagan va xavfsizligi kafolatlanmagan mahsulotlar sotilayotgani aniqlandi

    08.11.2023, 10:02

    “Xalqning farmatsevtlarga, o‘zining farm bozoriga ishonchi yo‘q edi, lekin bori ham yo‘qoldi” — jurnalist 

    04.02.2024, 10:15

    “Pul ishlash uchun farmkompaniyalar foydasiga retsept yozilyapti” — Shavkat Mirziyoyev farmatsevtika sohasini tanqid qildi

    05.02.2024, 13:42

    Istanbuldagi sud binosiga uyushtirilgan hujumda jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q — O‘zbekiston Bosh konsulligi

    06.02.2024, 19:36

    Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini rivojlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi

    06.02.2024, 19:29

    Maosh 1,5 ming dollardan boshlanadi: O‘zbekistonliklar Yaponiyaga ishga taklif qilinmoqda 

    06.02.2024, 19:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qator hududlarida issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 00:13

    Indoneziya prezidentining mushugi shaxsiy qo‘riqchiga ega bo‘ldi

    Dunyo | 22 iyul, 00:00

    O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 23:44

    Isroil 25 davlatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

    Dunyo | 21 iyul, 23:16

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56

    O‘zbekistonda “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ilishi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.