• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12939.93
    • RUB162.03
    • EUR14725.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Toshkent ko‘chalari”: Birinchi teleminora, zilziladan ko‘rilgan talafot va metro qurilishiga bo‘lgan qarshiliklar haqida (foto, video)

    “Toshkent ko‘chalari” loyihasining ilk sonida sanʼatshunos olim Abdumajid Madraimov bolaligi o‘tgan Degrez mahallasi, Navoiy ko‘chasi va qadimiy tarixga ega bo‘lgan Xadra maydoni haqida so‘zlab berdi.

    Xadra maydoni

     

    — Xuddi kechagidek yodimda, mana bu yerdan trolleybus yurardi. Eski jo‘vadan qaytib kelardi. Bu yerdagi Toshkent sirki yonidagi muhtasham binolar o‘rnida tramvay deposi bo‘lardi. Tungi soat 12 larda tramvay qaytayotganida relslaridan chiqadigan ovozlarni zavq bilan eshitardik. Bolaligimizda sirk binosi bo‘lmagan. Katta maydon edi. Shuning uchun ham Xadra maydoni deyilardi.

     

    Chorsu avval Eski Juva nomi bilan atalardi. Bozor, Xadra maydoni shaharning eng gavjum joylaridan bo‘lgan. Navoiy ko‘chasining boshlanishi Degrez mahallasi, unga parallel ko‘cha esa avval Gorkiy ko‘chasi deyilardi. O‘sha yerda yashab, 75-maktabda o‘qiganman, — deydi Abdumajid Madraimov.

    Nega aynan “O‘qchi”?

     

    — Qo‘shni mahallaning nomi “O‘qchi” edi. U yerdagi aholi o‘q yasash bilan shug‘ullangan. Kamonchi nomi bilan ham atalgan. Bizning mahallada esa katta-yu kichik qozonlar quygan. Katta-katta maxsus moslamalar bo‘lar edi. Nomi ham shundan kelib chiqib berilgan. Hozir endi Xadra mahallasi deyiladi. Degrez nomi Uchtepa tumanidagi mahallalardan biriga berilgan, — deydi Abdumajid Madraimov.

    O‘zbek milliy akademik drama teatri

    Foto: “Daryo”

    — Mana bu O‘zbek milliy akademik drama teatri o‘rnida o‘z davrining muhtasham eng katta madaniyat maskani— Vatan kinoteatri bo‘lgan. Beshyog‘och, Ko‘kchada ham kinoteatrlar bo‘lgan. U vaqtlarda madaniy maskan sifatida kinoteatrlarning ahamiyati katta edi. U vaqtda televideniye hali rivojlanmagandi. Farzandlarimni ham tez-tez kinoteatrga olib borardim. Ayniqsa, hindcha kinolarga qiziqish baland edi.

     

    Toshkent asosan 1966-yildagi zilziladan keyin qayta tiklanib, obodonlashtirilgan. Turli shaharlardan arxitektorlar taklif etilib, mustahkam va go‘zal bino-inshootlar, turar-joylar qurilgan, Yaqinda bir maʼlumotga ko‘zim tushdi, Sharof Rashidov metro qurish taklifi bilan chiqqanida “kichik joyda metro nimaga kerak?” degan maʼnodagi vajlar bilan “rahbarlar” tomonidan katta qarshiliklarga uchragan ekan. Lekin mana qarang, qanday go‘zal, bir-birini takrorlamas metro bekatlarimiz bor, — deydi Abdumajid Madraimov.

     

    1893-yilgacha Navoiy ko‘chasi “Toshko‘cha”, “Katta ko‘cha” nomlari bilan yuritilgan. 1938-yilda ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan Navoiy nomi bilan atalgan. Nega bu yerlar aynan “Toshko‘cha” deyilgan?

    Toshkentning ilk teleminorasi

    — Avvallari markaziy ko‘chalarga tosh yotqizilgan, chekkaroq ko‘chalar yerlari esa tuproqli bo‘lgan. Shuning uchun Toshko‘cha deyilgan. Toshkentning birinchi teleminorasi 1956-yilda foydalanishga topshirilgan. U poytaxtning markazida “Paxtakor” va “Alisher Navoiy” metro stansiyalari yaqinida joylashgan. Balandligi 186 metr bo‘lgan teleminora 1966-yilgi zilzilani ham ko‘rgan. Inshoot 1985-yilgacha Toshkent telestudiyasining ko‘rsatuvlarini uzatgan. Hozirda teleminoradan radioeshittirishlarni uzatishda, turli tashkilotlar uchun aloqa vositasi sifatida foydalaniladi.

     

    Uning ro‘parasida butun mamlakatimiz aholisini bir-biri bilan aloqa o‘rnatishiga xizmat qilgan o‘sha mashhur telegraf bo‘lar edi. U yerda shaharlararo qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun qurilmalar bo‘lardi. Shuning uchun ham shaharning markazida joylashgan. Avvaldan kelib, kelishib qo‘yish kerak bo‘lardi, — deydi Abdumajid Madraimov.

    Turon kutubxonasi

    Foto: “Daryo”

    — Toshkentda kitobsevarlar uchun eng gavjum joylardan biri Eski jo‘vada bo‘lgan. Yana bittasi Eski jo‘vadan sal pastroqda bizning jadid bobolarimiz asos solgan Turon kutubxonasi bo‘lardi. Aholi ham o‘zining shaxsiy kutubxonasida mavjud kitoblarini olib kelib topshirardi. Barcha u yerdagi adabiyotlardan bahramand bo‘lardi. Keyinchalik bu kutubxona boshqa yerga ko‘chirildi. Yaqinda yana eski joyida tiklandi. Men Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyida uzoq vaqt ishlaganman. Ish vaqti tugashi bilan yangi kitoblar sotib olishga shoshilardim, — deydi Abdumajid Madraimov.

    “Navoiy 30” nega qurilgan?

     

    — Bu binoni O‘zbekiston sanʼati va madaniyatining o‘chog‘i deyish mumkin. Bu yerda nashriyot, kitoblar palatasi, kino qo‘mitasi ijodkorlari faoliyat olib borgan maskan bo‘lgan.

    O‘sha vaqtlarni yaxshi eslayman. Kitob rastalari bo‘lardi, gazetaga talab juda katta edi. Odamlar Navoiy ko‘chasi boshidagi Milliy teatr binosi yonidagi rasta oldida qator-qator bo‘lib navbatda turishar edi. Yaqinda o‘sha yerga borganimda, uning sotuvchisi “domla, mana shu yerda ziyo ulashayotganimga ellik yil bo‘libdi”, dedi. U meni juda yaxshi taniydi. Chunki nashriyotda maqolalarim chiqqanida har safar anʼanaga ko‘ra yaqinlarim uchun bir nechta nusxada o‘sha gazetalardan sotib olar edim. O‘sha vaqtdan buyon tanish bo‘lib qolgan edik.

    Umuman olganda bu joylar avval ham, hozir ham ziyolilar yashaydigan joylardan bo‘lib qolgan, — deydi sanʼatshunos olim Abdumajid Abduraimov.

    “Toshkent ko‘chalari” loyihasi poytaxt manzillari haqida ko‘pchilik bilmagan maʼlumotlarni berishda davom etadi. Bizni kuzating!

     

    02.02.2024, 11:10   Izoh (0)   18967
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi IT Parkda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi tashkil etiladi

    02.02.2024, 11:00

    ChatGPT o‘zbek tilini o‘rganmoqda: We Digital’dan Uzbek Expert bilan

    02.02.2024, 10:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    02.02.2024, 10:54

    Abdulla Aripov Olmaotada Qozog‘iston bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

    02.02.2024, 10:40

    Samarqandda belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan shaxs jarimaga tortildi

    02.02.2024, 10:25

    Surxondaryoda xususiy bog‘cha qurish uchun ajratilgan 356 mln so‘m kredit mablag‘lari talon-toroj qilindi

    02.02.2024, 10:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi

     

    Tavsiya etamiz

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saudiya olimlari suvsizlanishni aniqlovchi mobil texnologiya ishlab chiqdi

    Layfstayl | 27 may, 23:35

    O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar malakasi oshiriladi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:20

    Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:05

    “Daryo” dayjesti: 27-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 may, 22:50

    Janubiy Koreyaning eng mashhur va baxtiyor 10 nafar juftligi

    Kino | 27 may, 22:20

    Yil boshidan buyon chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi – Bojxona qo‘mitasi

    O‘zbekiston | 27 may, 22:05

    Nazorat kuchaysa, mehr kamayadimi? Olimlar qattiqqo‘l onalar farzandiga qanday ta’sir qilishini aniqladi

    Ayollar sahifasi | 27 may, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.