Gadjetlarning to‘satdan ishlamay qolishi, har doim katta yo‘qotish bo‘lishi turgan gap. Birinchi o‘rinda — moliyaviy. Buning oldini olish uchun smartfon ishidagi eng kichik o‘zgarishlarga ham eʼtiborli bo‘lish kerak. Smartfoningizni almashtirish vaqti kelganligini bildiradigan beshta belgi.
- Telefon quvvati besh soat yoki undan ham kamroq vaqt ichida tugaydi. Smartfonning oddiy quvvati — biz uchun hamma narsadir. Agar telefoningizning quvvati tushlikkacha yetmasa, bu yangisini sotib olish haqida o‘ylash uchun ajoyib sababdir.
- Dasturiy taʼminotni yangilanishning imkoni bo‘lmayaptimi? Ishlab chiqaruvchilar dasturiy taʼminotning yangilangan versiyalarini smartfon chiqarilgandan keyin 3-4 yil o‘tgach to‘xtatadi. Bu borada Apple kompaniyasi eng saxiysi bo‘lib qolmoqda, chiqarilganidan 9-10 yil o‘tib ham qurilmalarni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgani yo‘q.
- Ichki xotiraning yetishmasligi. Bu shunchaki noqulay ekanligidan tashqari, smartfoningizning o‘zi ham bundan zarar ko‘radi. Smartfon xotirasi allaqachon to‘lgan bo‘lsa, telefonning ishlashida umumiy sekinlikni sezsangiz hayron bo‘lmang.
- Ilovalar doimiy tarzda ishdan chiqadi. Sababi smartfon sezilarli darajada eskirgandan sodir bo‘ladi va doimiy yangilanib turadigan baʼzi ilovalarni yuklab bo‘lmaydi.
- Yomon kamera. Bu yerda hech qanday variant yo‘q. Yomon kamera qurilmangizni o‘zgartirish haqida o‘ylash uchun dalildir.
Izoh (0)