Yaqinda Kim Kardashyan Balensiaga brendining ambassadori bo‘ldi. Model imkoniyatdan foydalanib, brendning sumkalar kolleksiyasini namoyish qildi.
Yulduz ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga sumkalar bilan o‘ralgan garderobidan video joylashtirdi. Boshida sumkalar sonini 130 dona deb taxmin qilishadi. Keyin u sanashni boshlaydi va unda 129 ta aksessuarlar borligi maʼlum bo‘ladi. Daily Mail modelning kolleksiyasi taxminan 400 ming dollar ekanini maʼlum qildi.
Maʼlumot uchun, Kim Kardashyan va Kanye Uest 2004-yilda tanishgan, lekin uzoq yillar davomida munosabatlarini yashirib kelgan. 2012-yilda juftlik Parij moda haftaligida birga kelgan. 2014-yildan juftlik rasman er va xotin bo‘lgan, lekin 2021-yilning boshida Kim Kardashyan reper bilan ajrashish uchun ariza bergani haqidagi xabarlar tarqaldi. Sobiq juftlik birgalikda Nort ismli qizi va surrogat onadan dunyoga kelgan o‘g‘illari Sent, Chikago va Psalmani tarbiyalamoqda.
Izoh (0)