O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi aviaqatnovlarni haftasiga 100 taga yetkazish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Pekinda Transport vazirligi delegatsiyasi hamda Xitoy aviatsiya ma’muriyati o‘rtasida imzolangan ushbu kelishuv tomonlar o‘rtasida aviaqatnovlar hajmini haftasiga 100 taga (har ikki mamlakat aviakompaniyalari tomonidan 50 tadan) olib chiqishdan tashqari, parvozlar geografiyasini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston va Xitoy aviakompaniyalari uchun ikki mamlakatning istalgan shaharlariga parvoz etish imkoniyatini yaratish (hozirda parvozlarni amalga oshirish uchun 7 ta shahar belgilangan), shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi 3 ta aviakompaniyalar sonini cheksiz aviakompaniyalarga o‘zgartirishni ham nazarda tutadi.
Mazkur kelishuv Xitoy aviatsiyasi ma’muriyati tomonidan mamlakat qonunchiligiga muvofiq ichki kelishuv jarayoni tugatilgandan so‘ng 2024-yilning aprelida ikki mamlakat aviatsiya hukumatlarining qo‘shimcha uchrashuvi yakunlariga ko‘ra kuchga kiradi.
Izoh (0)