• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident investitsiya siyosatini amalga oshirish va “yashil” energetikani rivojlantirishni muhokama qildi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-yanvar kuni investitsiya siyosatini amalga oshirish va energetika tizimida qayta tiklanuvchi energiya quvvatlari ulushini ko‘paytirish bo‘yicha 2023-yilda qilingan ishlar va 2024-yilga mo‘ljallangan rejalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, 2023-yil yakuni bilan jami 22 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan, bu avvalgi yilga nisbatan 1,8 barobar ko‘p. Joriy yilda xorijiy investitsiyalar hajmini yanada ko‘paytirish zarurligi qayd etildi. Bunda asosiy e’tiborni quyidagi tarmoqlarga qaratish topshirildi:

    • elektrotexnika;
    • mashinasozlik;
    • qurilish materiallari;
    • farmatsevtika;
    • to‘qimachilik;
    • charm.

    Yirik investorlar bilan manzilli ishlash, investitsiyalarni jalb qilishda iqtisodiy diplomatiya va chet eldagi diplomatik vakolatxonalar ishtirokini kuchaytirish alohida ta’kidlandi. Yangi investitsiya loyihalarni amalga oshirishda hududlardagi maxsus zonalardan va sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish zarurligi aytildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tarmoq va hududlar rahbarlari investitsiya masalalarini hal etishda sanoat tarmoqlari bilan yaqindan ishlashi, asosiy e’tiborni hududlarda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, yangi ish o‘rinlarni ko‘paytirishga qaratishi qayd etildi.

    Xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan samarali foydalanish va ularni o‘z vaqtida o‘zlashtirish, bu mablag‘larni ijtimoiy, infratuzilma hamda suv xo‘jaligi loyihalariga yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi.

    Shuningdek, 2024-yilda grant mablag‘larini jalb qilishni faollashtirib, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash, oliy ta’lim, fan va innovatsiya sohalarida xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish vazifalari belgilandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda “yashil” energetikani rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

    Bugungi kunda O‘zbekistonda quyosh, shamol va gibrid turdagi elektr stansiyalarni davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etish bo‘yicha umumiy quvvati 6,3 gigavatt bo‘lgan 28 ta loyiha doirasida ish olib borilmoqda. Shundan 2023-yilda xorijiy investorlar bilan birgalikda umumiy quvvati 2,6 gigavattlik 7 ta loyiha doirasida dastlabki quvvatlar ishga tushirilgan.

    O‘tgan yil 27-dekabr kuni prezident ishtirokida o‘tgan marosimda Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida beshta quyosh fotoelektr stansiyasi, Navoiy viloyatida shamol elektr stansiyasi quvvatlari tarmoqqa ulandi.

    Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Fransiya va Shveysariya kabi mamlakatlarning kompaniyalari bilan hamkorlikda “yashil” stansiyalar va energiya saqlash tizimlarini barpo etish bo‘yicha 12 loyiha ustida ish olib borilmoqda.
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda o‘tgan yilda boshlangan loyihalarni 2024-yilda to‘liq yakuniga yetkazish vazifalari, kelgusi yillarda “yashil” energiya ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni yaratish rejalari muhokama qilindi.

    2024-yilda quyosh elektr stansiyalarining umumiy quvvatini 2,6 gigavattga, shamol elektr stansiyalari quvvatini 900 megavattga yetkazish va 400 megavattlik energiya saqlash qurilmalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

    Prezident elektr energetika tizimining barqaror ishlashini ta’minlash uchun o‘zgaruvchan ishlab chiqarish quvvatlari qo‘shilishini inobatga olgan holda tarmoqlarni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi. Bunda mavjud tarmoqlarni modernizatsiya qilish, yangi podstansiyalar, uzatish tarmoqlarini qurish, zamonaviy avtomatlashtirilgan himoya tizimlarini, raqamlashtirilgan boshqaruv tizimlarini (SCADA/EMS) joriy etish, zaxira quvvatlari va energiya saqlovchi tizimlarning tarmoqdagi ulushini ko‘paytirish chora-tadbirlarini belgilash zarurligi ta’kidlandi.

    Yig‘ilishda energetika tizimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni ko‘paytirish masalasiga to‘xtalib o‘tildi.

    Energetika tarmog‘iga investitsiya kiritayotgan asosiy xorijiy hamkorlar bilan manzilli ishlash va investitsiyaviy sheriklikni yanada kengaytirish maqsadida Energetika vazirligining bu boradagi faoliyatini takomillashtirish topshirildi.

    Xalqaro tajriba asosida qishloq xo‘jaligi yerlarida mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun quyosh panellarini o‘rnatish va elektr energiyasini ishlab chiqarish – agrovoltaika amaliyotini joriy etish imkoniyatini o‘rganish va bu yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar kiritishga ko‘rsatma berildi.

    02.01.2024, 22:47   Izoh (0)   8078
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jahon banki O‘zbekistonda rivojlanish siyosatini qo‘llab-quvvatlash uchun 800 mln dollar kredit ajratdi

    09.12.2023, 14:20

    Toshkentda elektr ta’minoti sifati oshiriladi

    19.12.2023, 09:04

    1-yanvardan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?

    01.01.2024, 13:45

    Prezident O‘zbekiston mudofaa qobiliyatini yuksaltirish bo‘yicha qator topshiriqlar berdi

    02.01.2024, 20:05

    O‘zbekistonda sellofandan tayyorlangan guruch sotilayotgani haqidagi xabarlar rad etildi

    02.01.2024, 19:20

    O‘zbekistondagi ichki ishlar organlari navbatchilik qismlari alkotesterlar bilan ta’minlanadi

    02.01.2024, 16:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda aholini ro‘yxatda olishda noqonuniy migrantlar hisobga olinmaydi

    Dunyo | 8 avgust, 12:22

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Belgiya hududi orqali Isroilga harbiy yuk tashishni taqiqladi

    Dunyo | 8 avgust, 12:15

    Ishtahani kamaytirib, ozishga yordam beradigan 7 ta foydali mahsulot

    Salomatlik | 8 avgust, 12:05

    AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduro boshi uchun 50 mln dollar mukofot puli e’lon qildi

    Dunyo | 8 avgust, 11:52

    Janglar tufayli 22 mingdan ortiq somalilik o‘z uyini tark etgan — BMT

    Dunyo | 8 avgust, 11:40

    Instagram: Toshkentda konsert bergan Jey Lo, farzandini uyga olib chiqqan Afruza, Madina Tojiboyevaning to‘yidan reportaj

    Layfstayl | 8 avgust, 11:36

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.