Ijtimoiy tarmoqlarda mast holda avtomobil boshqargan shaxslarning transport vositalari davlat foydasiga musodara etilishi haqida xabarlar tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati buni rad etdi.
Tarqalgan xabarlarda mast holda transport vositasini boshqarganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish haqidagi loyiha ishlab chiqilgani, ushbu qoidabuzarlik takroran sodir etilsa, jinoiy javobgarlik belgilash ham taklif etilgani aytilgan.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati mazkur loyihada mast holda avtomobil boshqarganlik uchun jazo sifatida transport vositasini davlat foydasiga musodara qilish taklif etilmaganini ma’lum qildi.
Shuningdek, tarmoqlardagi ayrim sahifalarning adminlaridan asossiz ma’lumot tarqatib, jamoatchilikni chalg‘itmasliklari so‘raldi.
Izoh (0)