Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus, Qozog‘iston va Moldova fuqarolarini Rossiya fuqaroligiga qabul qilishni soddalashtiruvchi farmonni imzoladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Hujjatda qayd etilishicha, 18 yoshga to‘lgan Belarus fuqarolari yashash uchun ruxsatnoma olgan paytdan boshlab, rus tili, mamlakat qonunchiligi tarixi va asoslari bilish, Rossiyada yashash muddatini hisobga olmagan holda Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini olish uchun ariza berishlari mumkin.
Qozog‘iston va Moldova fuqarolari uchun Rossiyada belgilangan yashash muddatiga (besh yil) rioya qilish, shuningdek, hujjatlarni topshirishda Rossiya Federatsiyasi tarixi va qonunchiligini bilish majburiy bo‘lmaydi. Biroq ushbu respublikalarning fuqarolari rus tilini bilishi kerak.
Izoh (0)