Kanadaning Toronto shahrida shaxmat bo‘yicha Champions Chess Tour Finals 2023 turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Umumiy mukofot jamg‘armasi 500 000 dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqaning final bosqichida dunyoning sakkiz nafar kuchli grossmeysteri qatorida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Nodirbek Abdusattorov Hikaru Nakamurani armagedonda taslim etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Yarim finalda Abdusattorov Uesli Soga qarshi dona suradi.
Nodirbek Abdusattorovning turnirdagi natijalari:
Nodirbek Abdusattorov - Alirizo Firuja 0,5:1,5;
Nodirbek Abdusattorov - Magnus Karlsen 1:2;
Nodirbek Abdusattorov - Denis Lazavik 2:1;
Nodirbek Abdusattorov - Fabiano Karuana 2:0;
Nodirbek Abdusattorov - Hikaru Nakamura 2:1;
Nodirbek Abdusattorov - Uesli So 1,5:1,5;
Izoh (0)