Kanadaning Toronto shahrida shaxmat bo‘yicha Champions Chess Tour Finals 2023 turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Umumiy mukofot jamg‘armasi 500 000 dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqaning final bosqichida dunyoning sakkiz nafar kuchli grossmeysteri qatorida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda.
Turnirning 5 va 6-tur uchrashuvlarida Nodirbek amerikalik grossmeysterlarga qarshi dona surdi. Abdusattorov Hikaru Nakamurani 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uesli So bilan esa uchchala partiyada durang o‘ynadi. 7-turda esa Nodirbek fransiyalik Maksim Vasher-Lagravga qarshi dona suradi.
Ortda qolgan 6 turdan so‘ng musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinish olgan:
Nodirbek Abdusattorovning turnirdagi natijalari:
Nodirbek Abdusattorov - Alirizo Firuja 0,5:1,5;
Nodirbek Abdusattorov - Magnus Karlsen 1:2;
Nodirbek Abdusattorov - Denis Lazavik 2:1;
Nodirbek Abdusattorov - Fabiano Karuana 2:0;
Nodirbek Abdusattorov - Hikaru Nakamura 2:1;
Nodirbek Abdusattorov - Uesli So 1,5:1,5;
Izoh (0)