Qozon meri Ilsur Metshin plastik iste’molini kamaytirish uchun paketlarni yuvib ishlatishga chaqirdi. Bu haqda “Kommmersant” xabar berdi.

Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, uning ingliz tili o‘qituvchisi paketlarni qayta ishlatish uchun yuvadi.
“O‘zini ta’minlay oladigan, sotib olishga qodir inson. Ammo gap pulda emas, bu Qozon tabiatiga, ekologiyasiga va kelajagiga hurmat bilan bog‘liq”, — deya ta’kidladi shahar meri.
Ilsur Metshin bunday muammoni faqat chiqindilarni qayta ishlash va alohida yig‘ish orqali hal qilish mumkinligini qo‘shimcha qildi.
“Biz buni keyinroq qoldira olmaymiz, aks holda to‘g‘ri ma’noda chiqindiga g‘arq bo‘lamiz. Bizning boshimizga tushgan chiqindilar miqdori shahar uchun zararli. Ko‘pchilik, umid qilamanki, Qozonda yashashni, o‘z farzandlari va nabiralarini xavfsiz va sog‘lom muhitda o‘sishini xohlaydi, biz buni birgalikda amalga oshirishimiz kerak. Vazifa esa bu muammoni zalda o‘tirgan rahbarlarga, jumladan menga ham yetkazishdir. Shu sababli bu masala yaqin yillardagi eng muhim va ustuvor masalalardan biridir”, — dedi rasmiy.
U bu masala bilan shug‘ullanishni Qozon ijroiya qo‘mitasi rahbari Rustem Gafarovga topshirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozon bu bilan shug‘ullanishi va yechim topishi kerak.
Izoh (0)