Farg‘ona viloyatida xavfsizlik choralari ko‘rilmagan 2 ta AGTKSH gaz ta’minotidan ajratildi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi axborot xizmati.
![](/static/2023/Risolat/d-1.jpg)
Ma’lum qilinishicha, Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Marg‘ilon shahrida joylashgan “E.Q.” MCHJga qarashli 2 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida o‘rnatilgan texnologik uskunalarning amaldagi me’yor va qoidalarga muvofiqligi, tabiiy gazni qabul qilib olish, saqlash, tarqatilishi holatlari yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Xususan, o‘rganish jarayonida AGTKSHlar faoliyatida aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan mutasaddilarga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi hamda mazkur AGTKSHlar yuqoridagi kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar tabiiy gaz ta’minotidan ajratildi.