• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Onasizlikda katta bo‘lgan, Koreyada yasholmagan, yashirincha turmushga chiqqan va tadbirkorlikda omadi kelmagan Sitora Alimjonova 31 yoshda (foto, video)

    “Ayriliq”, “Salom, sevgi”, “Egizak oshiqlar” filmlari va “Yuraklar jangi” serialidagi ijrosi bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Sitora Alimjonova qishning ilk kuni dunyoga kelgan. Aktrisa bu yil 31 yoshni qarshilagan bo‘lishiga qaramay, haligacha yosh ko‘rinadi. Ayrimlarning taxminiga ko‘ra “konfet” sifatida sanʼatga kirib kelgan aktrisa qanday qilib muvaffaqiyatga erishdi. Keling, shu haqida to‘liq maʼlumot beramiz.

    Yetimlikda o‘tgan bolalik

    Sitora Alimjonova oilada to‘rt farzandning kenjasi hisoblanadi. Uning akasi va ikki opasi bor. U hayotda erishgan muvaffaqiyatlarida opalarining hissasi katta ekani haqida ko‘p gapiradi.

    Foto: Instagram / @sitora_alimjanova

    — Bobom sanʼatkor bo‘lgan, shu boisdanmi bu sohaga bolalikdan qiziqqanman. Maktabni bitirib Farg‘ona sanʼat kollejining raqs bo‘limida tahsil olganman.

    Bolaligim juda go‘zal o‘tgan, tinib-tinchimaydigan qiz bo‘lganim uchun maymuncha deyishardi. Afsuski, onam kasal bo‘lganidan keyin go‘zal bolalik ham nihoyasiga yetdi. Onam rahmatli oqqon kasaliga chalingandi, ancha vaqt to‘shakda yotdi. O‘zimiz unga qarardik, sog‘ayib ketishi uchun harakat qildik. Afsuski, qancha harakat qilinmasin, inson belgilab berilgan umrini yashar ekan.

    Opalarimning biri Koreyaga, boshqasi esa Farg‘onaga turmushga chiqqan. Otam ham oila qurdi. Akam esa o‘z-o‘zi bilan band, uning foydasi ham zarari ham tegmaydi.

    Onam o‘lganidan keyin yolg‘izlanib qolganman. Shunda Koreyaga turmushga chiqqan opam meni oldiga chaqirtirib olgan. Bir muddat u yerda yashaganman, til o‘rganganman. Opamga qolsa meni o‘sha yerda olib qolish niyatida edi. Ammo tabiatan O‘zbekistondan boshqa yerda yasholmayman, u qadar ko‘nikuvchan inson emasman, — deydi Sitora Alimjonova.

    “Meni konfet aktrisa deyishgan ekan”

    Sitora Alimjonova aktrisa bo‘lishni niyat qilmagani va bu ishga opasi undagani haqida so‘zlab bergan.

    Foto: Instagram / @sitora_alimjanova

    — Raqsga, qo‘shiq aytishga juda qiziqaman. Ammo aynan aktrisa bo‘lishimga Dildora opam sababchi. U tufayli rejissor Durdona To‘laganova bilan tanishganman va aynan filmda suratga tushish uchun O‘zbekistonga qaytib kelganman. O‘shanda ko‘pchilik “Bu konfet aktrisa, 5 ming AQSH dollari bergan”, deb gapirishgan ekan. Rostini aytaman, u paytda buncha pulim bo‘lmagan. Bo‘lgan taqdirda ham rol emas, mashina olib haydagan bo‘lardim. 2011-yili kinodagi hayot ancha jonli edi. Premyeralar ko‘p bo‘lar, takliflar ham bugungidek ancha serob edi, — deydi aktrisa Sitora Alimjonova.

    “Ko‘nglim bo‘shligi pand berdi”

    Sitora Alimjonova mashhur aktrisa bo‘lsa-da, olgan gonoraridan qoniqmagani, shu sabab tadbirkorlikka ham qo‘l urgani haqida gapirdi.

    Foto: Instagram / @sitora_alimjanova

    — Aktrisalarning gonorari u qadar yuqori bo‘lmagan. Shu bois men ham tadbirkorlikka qo‘l urib ko‘rganman. Avvaliga go‘zallik saloni ochdim, o‘xshamagani uchun uni yopib, Koreyadan mahsulot olib kelib sotishni yo‘lga qo‘ydim. Ammo tadbirkor bo‘lish uchun biroz qattiqqo‘l bo‘lish kerak ekan. Ko‘ngil bo‘shligim ko‘p bor pand berdi, — deydi Sitora Alimjonova.

    “Bolamning otasi Shohruh Hamdamov, deyishgandi”

    Mashhurlarning hayoti hamisha muhokama markazida. Sitora Alimjonovani ham xonanda Shohruhxon bilan ishqiy munosabatda ekani, ammo qandaydir sabablarga ko‘ra ular birga bo‘lolmagani haqida gap-so‘zlar tarqalgandi.

    Foto: Instagram / @sitora_alimjanova

    — Shohruhxon bilan “Sen ketma” filmida partnyor bo‘lganmiz. Tomoshabinlar nihoyatda ishonuvchan, kim bilandir partnyor bo‘lib sevishganlar rolini ijro etsa darrov gap-so‘z qilishadi. Kim bilan rol o‘ynagan bo‘lsam hammasi bilan ishqiy munosabatda ekanim haqida gapirishgan. Hatto, turmushga chiqib farzandli bo‘lganimda bolaning otasi Shohruh Hamdamov deb yozishgandi. Bunday gap-so‘zlarga eʼtibor bermayman, — deydi aktrisa.

    Pxuketdagi to‘yi…

    Foto: Instagram / @sitora_alimjanova

    Aktrisaning yashirin to‘yi ham ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi. U birorta intervyusida nega to‘yini Tailandda o‘tkazishga qaror qilgani haqida gapirmagan. Aktrisaning to‘yi 2017-yilning avgust oyida Tailandning Pxuket orolida bo‘lib o‘tgan. To‘yda aktrisaning 3-4 ta eng yaqin do‘stlari ishtirok etgan. Aktrisa kuyov ko‘rinmagan suratlarinigina ommaga namoyish etgan. Faqatgina uning 27 yoshda ekani va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishini oshkor qilgan xolos.

    Prodyuserlar bilan kelisholmagan

    Foto: Instagram / @sitora_alimjanova

    Aktrisa Sitora Alimjonova 9 yil avval xonandalik faoliyatini rasman boshlagandi. Afsuski, ko‘p o‘tmay unga prodyuserlik qilgan kompaniya bilan moliyaviy kelishuvga erishmay, xonandalik faoliyatiga nuqta qo‘ygan. U teleloyihalar uchun Otabek Mutalxo‘jayev bilan “Sevar yorim”, Yodgor Mirzajonov bilan “Tegaman” duetlarini ijro etgan. “Yo‘g‘uborim” va “Opajonim” singari mualliflik qo‘shiqlarini ham ijro etgan. U hozir to‘y xizmatlariga faqatgina “Opajonim” qo‘shig‘ini ijro etish uchun boradi.

    “Ona bo‘lishni 4 yil kutdim”

    Aktrisa intervyularining birida farzandini to‘rt yil kutgani va ona bo‘lishda qiyinchilikka uchragani haqida ham so‘zlab bergan.

    Foto: Instagram / @sitora_alimjanova

    — Men rosa harakat qildim, davolandim. 4 yil farzand bo‘lmadi, orada bir bo‘lib tushib qoldi, yana davolandim. Keyin tashlab qo‘y, deyishdi. Keyin Xudo o‘zi g‘oyibidan berdi. Kutmaganingizda bo‘larkan hamma narsa, shuning uchun kutmaslik kerak ekan. Tug‘ruq jarayonida juda qiynaldim, buni eslashni ham xohlamayman. Men o‘zi og‘riqqa yo‘qman. Ko‘zim ko‘rmay qoldi. Kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘dim, lekin dardni ham ko‘rdim. Operatsiya rejalashtirilmadi. Bolaning tug‘ilishiga hali olti-yetti soat vaqt bor edi, lekin juda qattiq og‘riqdan ko‘zim ko‘rmay qola boshladi. 6-7 soat ichida nimadir bo‘laman, deb operatsiyaga rozi bo‘ldim. Lekin bu gapimdan homiladorlar qo‘rqib qolmasin. Bu narsalar o‘tib ketadi, o‘sha kunning o‘zidayoq turib yurib ketdim, — deydi Sitora Alimjonova.

    “Depressiyaga tushib qoldim”

    Afsuski, bu intervyudan roppa-rosa bir yil o‘tib aktrisa shaxsiy turmushida omadsizlikka uchragani va o‘g‘lini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgani haqida aytdi.

    Foto: Instagram / @sitora_alimjanova

    — Hayotda hamma narsa bo‘lar ekan, shaxsiy hayot haqida hadeb gapiraversa, qizig‘i qolmaydi. Hozirda Muhammadaminning otasi bilan aloqasi bor, faqat ko‘rishib turadi. Shaxsiy hayotimda hech qanday o‘zgarish yo‘q, borimni bolam va ijodga bag‘ishladim.

    Farzandimni dunyoga keltirganimdan keyin depressiyaga tushib qoldim. Mana shu narsa menda bo‘lmaydi, deb o‘ylagan edim. O‘sha paytlari juda ko‘p onamni esladim. Suratga olish jarayonlariga borsam, bolamni onamga tashlab keldim, degan gaplarni eshitib qolaman. Hayotda har bir insonning bir armoni bo‘lar ekan. Shunaqa paytda onamning yo‘q bo‘lgani butun umrlik armonim bo‘lib qolsa kerak. Onam oqqon kasalligiga chalingan edi, “Sevgi” serialidagi shu sahnalar mening hayotimga juda o‘xshash. Onam bitta joyda yotgan, hech qayeri ishlamagan, qaraganman, — deydi aktrisa.

    “Hech qachon o‘g‘limni aktyor qilmayman”

    Odatda, ko‘pchilik ota-onalar farzandlari kasbini davom ettirishini istashadi. Ammo Sitora Alimjonova o‘g‘li sanʼatkor bo‘lishini istmasligi haqida aytgan.

    Foto: Instagram / @sitora_alimjanova

    — Hech qachon o‘g‘limni aktyor qilmayman. Uning muxlislari sanʼatdan emas, sportdan bo‘lsin. Hattoki bolam tug‘ilmagan paytda ham bitta sportchi o‘g‘lim bo‘ladi deb niyat qilardim. Bo‘lganda ham butun dunyo taniydigan mashhur sportchi bo‘ladi, deganman. Farzandimni yaxshi tarbiyalab, O‘zbekiston futbolini jahon chempionatiga olib chiqadigan darajada futbolchi qilmoqchiman. Hozir bor xatti-harakatimni shunga qaratganman, — deydi aktrisa.

    Foto: Instagram / @sitora_alimjanova

    Aktrisa ayni kunda ijoddan ko‘ra ko‘proq vaqtini farzandiga bag‘ishlashga qaror qilgan. O‘g‘li Muhammadamin bilan dunyo kezadi. Eng yaxshi surat va videolarini esa muxlislari bilan bo‘lishadi.

    04.12.2023, 09:33   Izoh (0)   142894
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    20 yillik turmushidan ajrashgan, rus qizini kelin qilgan va 8 tilda qo‘shiq kuylagan Nasiba Abdullayeva 62 yoshda (foto, video)

    16.11.2023, 11:28

    Maktabda “ikkichi” bo‘lgan, oilaviy muammolarini gapirishni istamaydigan va ozish uchun oshqozonini kestirgan Muyassar Berdiqulova 54 yoshda (foto, video) 

    20.11.2023, 16:21

    Noto‘g‘ri yozilgan familiyasi bilan mashhur bo‘lgan, turmush o‘rtog‘idan erta ayrilgan va “niyatiga yarasha jazolangan” Dilnoza Kubayeva 37 yoshda (foto, video)  

    22.11.2023, 12:36

    Instagram: Shahzoda Muhammedova ikkinchi, bloger Xonzoda uchinchi marta ona bo‘ldi, Halima Ibragimovaga BMW sovg‘a qilishdi 

    01.12.2023, 22:15

    “Shahzod Sultonov haqida gapirishni istamayman” — aktrisa Zarina Yo‘ldosheva mehribonlik uyidagi hayoti va otasi o‘lgan kunni esladi (foto)

    01.12.2023, 16:43

    Kinokonsert atamasini o‘zbek shou-biznesiga olib kirgan “Benom” guruhining yangi konsertidan reportaj (video)

    30.11.2023, 16:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49

    AQSH va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

    Dunyo | 2 avgust, 11:35

    “Real” Mbappening o‘rinbosari kim bo‘lishi borasida bir qarorga kelmagan

    Sport | 2 avgust, 11:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.