Alyaska janubi-sharqida ko‘chki oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda NBC News.
25-noyabr kuni kechqurun qutqaruvchilar 11 yoshli qizning jasadini topdi. Avvalroq uning 16 yoshli opasi, 44 yoshli otasi va 36 yoshli onasi o‘lik holda topilgandi.
Ikki kishi hamon bedarak yo‘qolgan: o‘sha oilaga mansub 12 yoshli bolakay va ularning 65 yoshli qo‘shnisi — uning 63 yoshli rafiqasi ko‘chkidan omon qoldi.
20-noyabr kuni kechqurun 2 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan baliqchilar qishlog‘iga tepalikdan ko‘chki yopirildi. Ertasi kuni kechqurun uch kishining jasadi topildi, deb xabar bergan AP.
Ko‘chki oqibatida 54 ta uy boshqa aholi punktlari bilan aloqadan uzilgan, ularda 45 ga yaqin odam qolib ketgan. Qutqaruvchilar ularga qayiqlarda oziq-ovqat, yoqilg‘i, suv va dori-darmonlarni yetkazib berdi.
Izoh (0)