“Barselona” bosh murabbiyi Xavi futbol taqvimini o‘zgartirishni taklif qildi.
Kataloniyaliklar terma jamoalar o‘yinida ispaniyalik yarim himoyachi Gavi jarohat olgani bois, uning xizmatidan foydalana olmasligi ma’lum bo‘lgandi.
Shu voqea fonida mutaxassis dastlab, klublar o‘rtasidagi mavsum o‘yinlarini o‘tkazib olishni va undan so‘ng terma jamoa o‘yinlariga navbat berishni taklif qildi.
“9 oy davomida ketma-ket klublar o‘yini va undan keyin Yevro saralashi, musobaqaning o‘zini o‘tkazish kerak. Shunda juda ko‘p qatnovlar bo‘lmasdi. Menimcha, FIFA buni ko‘rib chiqishi zarur. Futbolchi 9 oyni klubda o‘tkazadi, 2 oyni terma jamoada hamda 1 oy ta’tilda bo‘lad”,— deydi Xavi.
Izoh (0)