Hindiston bosh vaziri Narendra Modi G20 mamlakatlari Yaqin Sharqda barqarorlik uchun Falastin-Isroil mojarosini ikki davlat tamoyili asosida hal qilish borasida kelishib olganini aytdi.
“G‘arbiy Osiyoda barqarorlikni ta‘minlash uchun ikki davlat tashkil etilishi bo‘yicha yechim zarur”, — dedi Modi Nyu-Dehli virtual tarzda mezbonlik qilayotgan G20 sammiti yakunida.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 onlayn sammitida so‘zlagan nutqida Ukraina va G‘azodagi urushni taqqoslagani xabar qilingandi.
“Ayrim hamkasblar o‘z chiqishlarida Rossiyaning Ukrainada davom etayotgan agressiyasidan hayratda ekanini aytdi. Ha, albatta, harbiy harakatlar har doim fojiadir. Bugun Falastin va G‘azo sektorida tinch aholining qirib tashlanishi hayratlanarli emasmi? Shifokorlar bolalarni operatsiya qilishlari, bolaning tanasini narkozsiz skalpel bilan operatsiya qilishlari hayratlanarli emasmi?”, — dedi Putin.
Izoh (0)