Shavkat Mirziyoyev raisligida yer resurslaridan oqilona foydalanish va yer hisobini yuritish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistondagi 44 million 800 ming gektar yer maydoni, 8 million 300 mingta bino va inshootning mulk sifatidagi bozor bahosi hisoblanmagan. Hozirda mavjud bino va inshootlarning shartli kadastr qiymati 70 milliard dollarni tashkil qiladi. Ularning haqiqiy bozor bahosi bundan kamida 4-5 barobar ko‘p.
“Bunga yerning bozor qiymatini ham qo‘shsa, bilasizlarmi aholi va tadbirkorlarda qanchadan-qancha iqtisodiy aktiv bo‘ladi”, - dedi Prezident.
Buning uchun, eng avvalo, yer hisobini joy-joyiga qo‘yish shart. Lekin ayrim hokimlar va vazirlar buni hisob-kitobini hali o‘ylab ham ko‘rmagani, o‘ziga biror-bir vazifa ham belgilab olmagani qayd etildi.
Izoh (0)