• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.92
    • RUB155.96
    • EUR14630.36
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Komiljon Rasulov: “Ota sifatida hech qachon qarorimdan afsuslanmayman”

    Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 19-turidan o‘rin olgan “Buxoro” — “Olimpik” uchrashuvida noto‘g‘ri qaror chiqargani uchun butun umrga futboldan chetlatilgan Komiljon Rasulov “Championat Asia” saytiga intervyu berdi.

    Bu o‘yinni kimdir stadiondan, kimdir esa televizordan tomosha qildi. Hammada o‘sha savol: nega hakam penalti bo‘lmasa ham uni belgiladi degan. Hattoki, o‘zimning yaqinlarim ham shu savolni beryapti. Dastlab, gapirishimdan oldin muxlislardan uzr so‘ramoqchiman. Qilgan aybimni tan olaman. Intervyudan asosiy sabab, o‘zimni oqlash uchun yoki hakamlikka qaytish uchun emas. Shunchaki o‘sha vaziyatda nimalar bo‘lganini tushuntirib bermoqchiman.

    Penalti qo‘yayotgan vaqtimda birinchi ko‘rgan kadrim “Olimpik”ni 17-raqamli futbolchisi (Temur Mamasidiqov) bilan “Buxoro”ni 88-raqamli o‘yinchisi (Vsevolod Nixayev) ikkalasi yonma-yon ketayotgan paytda, birinchi kontakt “Olimpik” o‘yinchisiga tekkanini ko‘rdim. VAR hakamiga dastlab to‘pga “Olimpik” futbolchisi tekkani va shundan so‘ng “Buxoro” futbolchisi oyog‘iga tepdi deya izoh berdim. VARga bu yaqqol ko‘ringan. 

    O‘zimni oqlamoqchi emasman, 90-daqiqa, o‘zingiz bilasiz, o‘yin oxirida baribir bosim bo‘ladi, xato qilib qo‘ymay degan o‘ylar bo‘ladi. Shu maqsadda VAR tomonga bordim. Monitor yoniga borganimda, VAR hakami bilan bo‘layotgan muloqot menga unchalik eshitilmadi. Monitor oldiga borganimda u kadrlarni ko‘rsatib, menga tushuntirish berishi kerak. Shunda men “To‘xta, gaplaring eshitilmayapti”, deb aytdim. Haqiqatan ham “Buxoro” tomondan juda ko‘p ovozlar yangrardi. So‘ngra, bir yoki bir yarim soniya o‘sha tomonga qaradim. Ular menga judayam xalaqit qilayotgandi. Ular tomondan juda ko‘p haqoratlar bo‘layotgandi. To‘g‘ri, futbolda so‘kinishlar tabiiy holat. Bunga chidam kerakligini bilaman, otam buni aytib ketgan. Lekin ular tomondan qizimning sha’niga nomaqbul so‘zlar yangradi. Men butun diqqatimni “Buxoro” murabbiyiga qaratgandim. Ulug‘bek akani bilaman, undan bunaqa so‘zlar chiqmaydi. Murabbiylar shtabidan kimdir mana shu so‘zlarni aytdi. Mana mening qaror chiqarishimga asosiy sabab bo‘ldi. Ichki instinktim o‘yindan chiqib ketdi. Axir, men otaman. Juda alam qildi. Nima bo‘lgan taqdirda ham penaltini belgilayman dedim. Hakamlik libosidaman, uni borib ura olmayman. 

    Hushtak chalganimdan keyin, nima qilganimni tushundim. U yerda penalti yo‘qligini 100 foiz tan olaman. Xato qaror chiqarganman. Hakam sifatida qanaqadir afsus bo‘lishi mumkin, lekin ota sifatida qarorimdan hech qachon afsuslanmayman. To‘g‘ri — bu futbol. Mehrim singgan, mehnatim singgan. Ammo futboldan boshqa kasbda ham nonimni topa olaman. Oilam bitta, qizim bitta. O‘sha lahzada hissiyotlarni jilovlay olmadim. 

    Rahbariyatga borib, tushuntirish xati yozayotgan vaqtimda onamdan va oila a’zolarimdan degan jumlani yozdim. Lekin bu gaplarni aytmadim. Agar aytsam, xuddi ular oldida o‘zimni oqlab, ulardan imkon so‘rayotgandek bo‘lib qolishim mumkin edi. Rahbariyatning qarorini hurmat qilaman. 

    Barcha futbol muxlislaridan, ayniqsa, “Buxoro” muxlislaridan uzr so‘rayman. Ular mening o‘sha vaqtdagi holatimni tushunsa xursand bo‘laman, tushunmasa xafa bo‘lmayman, bunga haqqim ham yo‘q. Chunki muxlis futbolga pul to‘lab kiradi. Muxlis meni haqorat qilsin, gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Lekin murabbiylar tomonidan bunday holat yuz berganidan so‘ng o‘zimni tiyib tura olmadim.

    Izohlarda ko‘rib qoldim, “Olimpik” yoki boshqa jamoalar pul bergan degan. Qasam ichishim mumkin, “Buxoro” — “Olimpik” o‘yinda menga hech qanday pul taklif qilingani yo‘q. Hech kim menga iltimos ham qilgani yo‘q. Bu o‘yinga pul aralashmagan. 

    Komiljon Rasulov, sobiq hakam

    Eslatib o‘tamiz, Rasulov uchrashuvning 100-daqiqasida “Buxoro” darvozasi tomon penalti belgiladi va bu o‘yin taqdiriga ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu holat yuzasidan O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida bosh hakam VAR takrorlarini ko‘rish uchun monitor oldiga kelgan vaqtida butun boshli “Buxoro” jamoasining murabbiylar shtabi hamda zaxira o‘yinchilari unga halaqit berib, turli kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlagani ma’lum bo‘ldi.

    Shu tufayli, bosh hakam VAR monitorini ko‘rib, xato qilayotganini bilsa ham, hissiyotlarga berilib, “Buxoro” darvozasiga penalti belgilagan. Komiljon Rasulov o‘z tushuntirish xatida aybiga to‘liq iqror bo‘lib, qasddan, hissiyotlarini jilovlay olmay, noto‘g‘ri qaror chiqarganligi uchun o‘z pushaymonligini bildirib o‘tgandi. Shundan so‘ng Rasulov umrbodga futboldan chetlatildi. 

    15.11.2023, 12:29   Izoh (1)   21759
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. fargonatoshkent02@gmail.com / 15.11.2023, 23:00

      СУДЯНИ ТУШИНИШИМИЗ КЕРАК.ХАР КАНДАЙ СУДЯ ХАМ БУНАКА СУКИШНИ ЭШИТСА УЗИНИ ТИЙИБ ТУРОЛМАЙДИ.ЖАЗОНИ БУХОРО КЛУБ ШТАБИГА БЕРИШ КЕРАККУ.МАНАВИЙБУЗУК СУЗ АЙТГАНЛАРИ УЧУН

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    APL hakamlar qo‘mitasi “Manchester Siti”ning “Fulhem” darvozasiga urgan ikkinchi golida o‘yindan tashqari holat bor edi deb hisoblamoqda 

    06.09.2023, 12:46

    “Buxoro”—“Paxtakor” o‘yinida penalti noto‘g‘ri belgilangan deb topildi, uchrashuvda ishlagan ikki nafar hakam noma’lum muddatga chetlatildi 

    29.10.2023, 22:45

    Superliga. “Olimpik” hakam qo‘shib bergan daqiqalarda amalga oshirilgan penalti evaziga “Buxoro”ni mag‘lub etdi

    10.11.2023, 20:38

    “Buxoro” — “Olimpik” uchrashuvida ishlagan hakam umrbodga futboldan chetlatildi 

    11.11.2023, 14:35

    Tayson Fyurining Oleksandr Usikka qarshi jangi 2024-yil fevral oyida bo‘lib o‘tadi 

    15.11.2023, 11:48

    Entoni Joshua va Deontey Uaylder dekabr oyida o‘z janglarini o‘tkazadi 

    15.11.2023, 10:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
    Audio Icon

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    19 avgust, 14:57

    Belgiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanadi

    19 avgust, 11:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Google Docs matnli hujjatlarni sun’iy intellekt podkastlariga aylantirishni o‘zlashtirdi

    Dunyo | 20 avgust, 22:55

    Rossiya Dumasining sobiq deputati G‘arbga 45 mln dollar evaziga maxfiy ma’lumotlarni berganlikda ayblanmoqda

    Dunyo | 20 avgust, 22:40

    Qozog‘istonda xorijiy messenjerlarga taqiq qo‘yilganini rad etildi

    Dunyo | 20 avgust, 22:25

    “Tramp Oq uyda Finlyandiya prezidentini tanimadi va fon der Lyayenni kamsitdi” — OAV

    Dunyo | 20 avgust, 22:15

    “Tolibon” Mozori Sharifda Alisher Navoiy haykalini buzib tashladi — manba

    Dunyo | 20 avgust, 22:05

    Tadqiqot: O‘zbekistonliklar oylik daromadini ko‘proq nimalarga sarflaydi?

    Iqtisodiyot | 20 avgust, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.