• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident yana 150 ta maktab qurilishiga mablag‘ ajratishni taklif qildi

    Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yil uchun davlat budjetining asosiy yo‘nalishlari hamda tarmoq va hududlarda amalga oshiriladigan vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat budjeti daromadlarini ko‘paytirish, xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha har bir soha, tarmoq va hududlar kesimida mavjud zaxira va imkoniyatlar atroflicha tahlil qilindi. Avvalo, yirik sanoat tarmoqlarida xarajatni qisqartirish orqali tannarxni kamaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Masalan, joriy yilning birgina to‘rtinchi choragida 349 ta yirik sanoat korxonasida 2,1 trillion so‘m xarajatlarni kamaytirish mumkinligi hisob-kitob qilingan. Bu ishlarni tizimli davom ettirish uchun hukumatga kelgusi yilda yirik tarmoqlarda tannarxni 15-20 foiz kamaytirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

    Hududlarning daromad bazasini kengaytirish masalasiga to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, past quvvatda ishlayotgan korxonalarga ko‘mak berib, ularni to‘liq quvvatga chiqarish choralari belgilandi. Tadbirkorlikni rivojlantirib, soliq bazasini kengaytirish, afzalliklar berish orqali “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish muhimligi aytildi. Qishloq xo‘jaligida “katta sakrash”ga faqat ilm orqali erishish mumkinligi ta’kidlandi. Bu borada yer sifati, nav va agrotexnologiyaga zamonaviy ilmiy yutuqlarni keng tatbiq etish orqali bir gektarda paxta hosildorligini 50 sentnerga, g‘allada 100 sentnerga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

    Mintaqada suv muammosi kun sayin dolzarb bo‘lib bormoqda. So‘nggi ikki yilda suv xo‘jaligiga budjetdan 22 trillion so‘m, jumladan, suv tejovchi texnologiyalarga qariyb 1 trillion so‘m subsidiya ajratilgan. Shu bois kelgusi yillarda sug‘orish kanallarini betonlash, suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatish ishlariga ajratiladigan mablag‘ ko‘paytirib boriladi. Jumladan, kelgusi yilda markazlashgan investitsiya hisobidan 1,7 trillion so‘mlik va xalqaro moliya tashkilotlaridan 300 million dollarlik suv infratuzilmasi loyihalari amalaga oshiriladi. Davlat rahbari bu masalaga kengroq to‘xtalib, sug‘orish kanallarini betonlash bo‘yicha uch yillik dastur qabul qilinishini ta’kidladi.

    Yaqinda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ijtimoiy sohalarni rivojlantirish ustuvor vazifa etib belgilangan. Shu bois 2024 yil uchun davlat budjeti loyihasida bu sohalarga katta e’tibor qaratilgan. Xususan, kelgusi yil inson kapitalini rivojlantirish uchun 102,5 trillion so‘m yo‘naltirish mo‘ljalanmoqda. Bu joriy yilgiga nisbatan 15 foiz ko‘p.

    Masalan, dastlabki loyihada 317 ta maktab qurilishi va rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan edi. Prezident bu masalaning muhimligini va joylardagi talabni inobatga olib, yana 150 ta maktab qurilishiga mablag‘ ajratishni taklif qildi. Maktabgacha ta’lim, professional va oliy ta’lim tizimi uchun nazarda tutilgan mablag‘larni ham ko‘paytirish bo‘yicha fikr bildirildi.

    Shu bilan birga, ushbu mablag‘lardan oqilona foydalanish, ajratilayotgan mablag‘larning natijadorligini oshirish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi. Kelgusi yildan “Mahalla budjeti” tizimi to‘liq joriy qilinadi. Bu – har bir mahallaning 100 million so‘mgacha mablag‘i bo‘ladi. Davlat rahbari bu mablag‘larni mahallada ish o‘rni yaratadigan, aholining og‘irini yengil qiladigan loyihalarga yo‘naltirish zarurligini ta’kidladi. Ushbu yangi tizim bo‘yicha mahalla raislarini o‘qitish, mablag‘larning hisobini yuritish va nazorat qilish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

    Shu bilan birga, budjet intizomini kuchaytirish bo‘yicha qonunchilikka takliflar kiritish zarurligi aytildi. Bu borada budjeti mablag‘lari hisobidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga yo‘l qo‘ymaslik, ochiq-oshkora tanlov va tenderlar o‘tkazish amaliyotini kengaytirish qat’iy ko‘rsatib o‘tildi.

    Tarmoq, soha va hududlarga kelgusi yil 32 milliard dollar investitsiya jalb etish, eksportni 19 milliard dollarga yetkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda bildirilgan fikrlar asosida 2024-yil uchun budjet loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi.

    Kun tartibidagi ikkinchi masala hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid bo‘ldi. Davlat rahbari Qashqadaryo viloyati misolida yil yakunigacha bo‘lgan ishlarni maksimal darajada bajarish, kelgusi rejalarni belgilashda aholi talabi va muammodan kelib chiqish yo‘lini ko‘rsatib berdi. Bunda hokimliklar bilan vazirliklar tengma-teng mas’ul ekani, o‘zaro muvofiq ishlab, soha  va joylardagi masalalarni hal etish zarurligi ta’kidlandi.

    20.10.2023, 19:34   Izoh (0)   8905
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Dok-1 Maks” ishi ko‘rilayotgan sudda yana bir mansabdor Hindistonning 3 ta dorisi O‘zbekistonda sotilishi uchun 45 ming dollar olgani ma’lum qilindi 

    20.10.2023, 19:03

    Internetga 200 mingdan ortiq o‘zbekistonlikning maʼlumotlari tarqalib ketgani aytildi

    20.10.2023, 18:40

    Toshkent aeroportida avtomatik jarima solish tizimi joriy etiladi

    20.10.2023, 18:12

    Samarqandda o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qurilayotgan 8 ta ko‘p qavatli uy va bitta mehmonxona qurilishi to‘xtatildi

    20.10.2023, 17:42

    O‘zbekistonda mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha xodimlari eng ko‘p qarzdor tashkilotlar ma’lum qilindi 

    20.10.2023, 16:55

    Hojiboy Tojiboyevning vorisi qiziqchining hajviyalaridan ruxsatsiz foydalangan radio ustidan shikoyat qildi 

    20.10.2023, 16:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.