Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyunda qabul qilingan “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 373-son qaroriga asosan, maxsus NIS.UZ tizimi orqali davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida har uch oy yakunlari bo‘yicha raqamli transformatsiya holatini reyting baholash amalga oshiriladi va uning natijalari “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi komissiya yig‘ilishlarida tanqidiy muhokama qilinadi.
Yuqoridagi tartibga ko‘ra, 2023 yil I yarim yillik yakuni bo‘yicha raqamli transformatsiya holatini reyting baholash jarayonida 43 ta davlat organi, 38 ta xo‘jalik organi va 14 ta mahalliy hokimliklar: jami 95 ta davlat tashkilotlari qamrab olindi.
Reyting baholash ishlari 5 ta yo‘nalishda amalga oshirildi:
- Ochiqlik va elektron ishtirok;
- Elektron davlat xizmatlari;
- Axborot xavfsizligi;
- Faoliyatning raqamlashtirilganligi;
- Tashkiliy masalalar.
Baholash natijalariga ko‘ra, Asakabank AJ Ochiqlik va elektron ishtirok indeksida 71.50 foiz, Axborot xavfsizligi indeksida 90.70 foiz, Faoliyatni raqamlashtirilganlik indeksida 94.85 foiz hamda Tashkiliy masalalarda 100.00 foiz, jami o‘rtacha 91,84 foiz natija bilan tijorat banklari o‘rtasida yetakchi natijani qayd etgan.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)