O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi BAAdagi o‘zbek diasporasi faoli Gulnora Meliboyeva bilan birgalikda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga insonparvarlik yordamini jo‘natdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Umumiy qiymati 14 ming dollardan ortiq bo‘lgan ushbu insonparvarlik yordami tarkibi 414 dona 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar kiyimlaridan iborat.
Beg‘araz yordam yuklari Uzbekistan Airways samolyotida O‘zbekistonga bepul yetkazib beriladi.
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi davlat rahbarining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda ularni samarali nazorat qilish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Agentlik aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
Izoh (0)