“Bayer” futbolchisi Serdar Azmun faoliyatini “Roma”da davom ettiradi.
![](/static/e853d3a7141829596d235ca08a5fc.jpeg)
Rimliklar hujumchini bir mavsumga ijaraga oldi. Shuningdek, shartnoma bandida Azmunni 12 million yevroga sotib olish huquqi ham mavjud.
28 yoshli hujumchi “Roma” safida 17-raqamda to‘p suradi.
Eronlik futbolchi “Bayer” sharafini bir yarim yil davomida himoya qildi. Shu vaqt ichida 44 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta golga mualliflik qilgan.
Izoh (0)