Mandat saytida OTMlarga kirish imtihonlarida abituriyentlarning to‘plagan ballari bo‘yicha umumiy statistika e’lon qilindi. Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev mazkur statistikaga tushuntirish berdi.
Unga ko‘ra, joriy yilda 888 ming 472 nafar abituriyent testga kirgan. 439 ming 337 nafar (49,4 foiz) abituriyent o‘tish ballining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 balni ham to‘play olmagan. 56,7 balldan kam to‘plaganlar kvotada joy bo‘lsa ham, o‘qishga kira olmaydi. 56,7 dan ko‘p ball to‘plagan abituriyentlar soni 449 ming nafarni (50,6 foiz) tashkil qiladi.
Huquqshunosning ta’kidlashicha, holat 2022-yil bilan solishtirganda biroz yaxshilangan. O‘tgan yili 51,2 foiz, aniqrog‘i, 550 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagandi, joriy yilda bu ko‘rsatkich 49,4 foizga tushdi. 2023-yilda eng yomon ko‘rsatkich Sirdaro viloyatida (54,9 foiz), nisbatan yaxshiroq natija esa xuddi o‘tgan yildagidek Toshkent shahrida (40,8 foiz) qayd etilgan.
O‘tgan yilga qaraganda natijasini eng ko‘p yaxshilagan 5 ta hudud:
- Toshkent shahri — 4,4 foiz;
- Buxoro — 4,4 foiz;
- Toshkent viloyati — 3,5 foiz;
- Namangan — 3,3 foiz;
- Farg‘ona — 2,4 foiz.
Sirdaryo va Andijon viloyatida esa natija o‘tgan yilgiga qaraganda yomonlashgan.
Izoh (0)