Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi avgust oyidagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini Finlyandiyada o‘tkazadi.
Yig‘in davomida Bahodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi terma jamoa Finlyandiya vakillariga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishi reja qilingan. Bu haqida O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi. Bahslar 6 va 7-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 23-iyun kuni o‘tkazilgan FIFA kengashining yig‘ilishida 2024-yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionati musobaqasi O‘zbekistonda o‘tkazilishi belgilandi.
Izoh (0)