Germaniya politsiyasi 6-iyul kuni Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolaridan tashkil topgan yetti kishilik guruhni terrorizmda gumonlab hibsga oldi.
![](/static/2023/surayyo2/cbff38f0-6405-4460-8313-b319ddd58480.jpeg)
Germaniya Bosh prokuraturasi uch mamlakatdan jami yetti nafar fuqaro sud qarori bilan hibsga olingani haqida xabar tarqatdi. Ular ISHID faoliyatida ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda.
“Ayblanuvchilar Germaniyada terrorchilik tashkilotiga asos solish va unga aʼzolik qilishda gumonlanmoqda. Bundan tashqari, ular ISHID xorijiy terrorchilik tashkilotini qo‘llab-quvvatlashda ayblanmoqda”, — deyiladi Germaniya Bosh prokuraturasi bayonotida.
Xabar qilinishicha, hibsga olinganlar orasida Tojikistonning besh nafar, Qirg‘iziston va Turkmanistonning bir nafardan fuqarosi bor. Ularning barchasi pul yig‘ib, ISHIDga o‘tkazgan, shuningdek, “Germaniya hududida teraktlar tayyorlagan”. Hibsga olinganlar o‘zlarining terrorchilik faoliyatini 2022-yil boshida amalga oshirgan.
Avvalroq xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelingani haqida xabar berilgandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)