Nomoddiy madaniy meros to‘g‘risida prezident qarori loyihasi tayyorlangan. Bu haqda madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
![](/static/folklor.jpg)
Suhbatda Bahodir Ahmedov folklor jamoa aʼzolarining oyliklari kamligi yuzasidan berilgan savolga javob berdi.
Folklor jamoalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha prezident qarori loyihasi tayyorlangan. Qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasi tasdig‘idan o‘tgan. Shuningdek, boshqa tashkilotlar bilan ham kelishilgan. Qarorda nomoddiy meros bilan shug‘ullanuvchilarning oylik maoshlari masalasi ham aks etgan”, — dedi vazir o‘rinbosari.
Uning alohida taʼkidlashicha, folklor jamoalar aʼzolarini maoshlarini ikki baravarga oshirish rejalashtirilgan.
Mavzuga doir:
- “O‘ttiz yildan buyon shu tizimda ishlayotgan bo‘lsam, hali bunday ish bo‘lmagan” — vazir o‘rinbosari Bahodir Ahmedov madaniyat va turizm bo‘limlariga Damas berilishi haqida
- “O‘zbekistonda sanʼatga to‘siqning o‘zi yo‘q” — Bahodir Ahmedov urushni ochiqdan ochiq qo‘llab-quvvatlovchi sanʼatkorlarning O‘zbekistonda konsert qo‘yishlari yuzasidan izoh berdi
Izoh (0)