• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12410.99
    • RUB158.38
    • EUR14237.89
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Cho‘milish qoidalari, eʼtiborsizlik ortidagi fojialar, suv ostidagi ko‘rinmas jismlar — FVV mas’ul xodimi tavsiyalari

    O‘zbekistonga yoz fasli kelib oqar suv havzalarida cho‘milish mavsumi boshlandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining bergan maʼlumotlariga ko‘ra, yil boshidan iyun oyining 15-sanasiga qadar 68 nafar inson suvda cho‘kib halok bo‘lgan. Ming afsuski, ularning 50 foizdan ortig‘ini yosh bolalar tashkil etmoqda.

    “Daryo” muxbiri FVV matbuot xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Samandar Hikmatullayevdan cho‘kib ketish asosan qanday holatlarda yuz berayotgani va ularning oldini olish uchun fuqarolar nimalarga ahamiyat berish kerakligi haqida izoh oldi.

    Samandar Hikmatullayev
    Foto: “Daryo”

    Oqar suvlarda cho‘milmang!

    Respublikamizda cho‘milishga ruxsat etilgan va cho‘milish taqiqlangan ochiq suv havzalari bor. Cho‘milish taqiqlangan havzalarimiz: daryolar, ariqlar, kanallar. Bunday joylarda cho‘milish taqiqlanadi. Yaʼni oqar suv havzalarida cho‘milish mumkin emas.

    “Biz bu yerda doim cho‘milamiz, kecha ham shu yerda cho‘mildik. Bu joy xavfsiz edi”, deyishadi. Bu joy kecha xavfsiz bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Kecha xavfsiz bo‘lgan o‘sha joyga har xil xarsang toshlar yoki qurilish chiqindilari oqib kelgan bo‘lishi mumkin.

    Suvda cho‘kish holatlarining barchasini mukammal o‘rganamiz. Ko‘p hollarda cho‘kkan insonlar suvdan olib chiqilganda ularni sho‘ng‘ish paytida suvning ostidagi predmetlarga urilib ketishi natijasida bosh va qorin qismidan olingan jarohatlarga duch kelamiz.

    Ruxsat etilgan suv havzalarida maxsus qutqaruvchilar bo‘ladi. Ushbu joylarning tubi tozalab turiladi. Shuningdek, ushbu joylarda qutqaruv minorasi bo‘ladi. Yaʼni birga cho‘milayotgan odam yonidagi do‘stining cho‘kib ketayotganini sezmay qolishi mumkin. Qutqaruv minorasida o‘tirgan masʼul shaxs unga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishni tashkillashtiradi.

    Foto: “Daryo”

    Spirtli ichimlik isteʼmol qilib suvga tushmang!

    Yoz mavsumida tog‘larga, soya-salqin hududlarga chiqiladi. Bunday joylarda katta yoshdagi insonlarning cho‘kib ketish holatlari uchrab turadi. Holatlar o‘rganilganida aksari spirtli ichimliklarni iste’mol qilib cho‘milgan maʼlum bo‘ladi. Shu bois spirtli ichimlik ichib cho‘milish tavsiya etilmaydi. Nega deganda, spirtli ichimlik iste’mol qilgan inson sarhush bo‘ladi. U hattoki tekis yerda muvozanatini boshqara olmaydi. Bunday insonlar suvga tushib ketishi yoki suvda cho‘milish natijasida o‘zlarini boshqarolmay qoladi va cho‘kib ketish ehtimoli ancha ortadi.

    Cho‘milishning o‘z vaqti bor

    Odatda cho‘kib ketganlarning do‘stlari “Yaxshi suza olardi, yaxshi cho‘mila olardi. Doim shu yerda cho‘milganmiz. Lekin nima bo‘ldiki, suvda cho‘kib ketdi. Biz ham hayronmiz”, deyishadi.

    Qizib turgan tana sovuq suvga tushishi bilan barcha hujayralar ishga kirishadi. Xalqimizda “tomiri tortishib qoldi”, degan gap bor. Qizib turgan asab tolalari sovuq suvga tushishi bilan tortishib qoladi. Mana shu tortishish natijasida oyoq harakatlanolmay qoladi, qo‘l harakatsiz bo‘lib qoladi. Natijada jismonan baquvvat bo‘lgan inson, yaxshi suzoladiganlar ham bunday paytda ojiz qoladi.

    O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki, kunning o‘ta issiq vaqtida to‘q qoringa yoki och qoringa suvda cho‘milish tavsiya etilmaydi.

    Eʼtiborsizlik qilmang!

    Kuni kecha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan bir holatni aytib o‘tsam. Bir nechta talaba imtihondan so‘ng cho‘milgani Anhor kanaliga borgan. Cho‘milayotgan vaqtida 19 yoshli talaba suvda cho‘kib, halok bo‘lgan. Oqim tezligi judayam katta bo‘lgan. Suv yigitni cho‘kkan joyidan ancha uzoqqa oqizib ketgan. Voqea joyiga zudlik bilan g‘avvos kuchlari jalb etilib, qidiruv ishlari amalga oshirildi.

    Suvda qidiruv ishlari juda murakkab jarayon. Boisi suv ostida nima borligini bilmaymiz. Bir nechta qutqaruv guruhlari jalb etildi. Suv ostini qo‘l bilan paypaslab qidiruv ishlari amalga oshiriladi.

    Bolaning jasadi bir sutka davom etgan qidiruvlardan keyin suv ostidan olib chiqildi.

    Baʼzan ota-onalar bolalarga eʼtiborsiz bo‘ladi. Ko‘pincha ota-onalar kichik yoshdagi farzandini o‘sha farzandidan bir-ikki yosh katta bo‘lgan bolasiga ishonib topshiradi. Suv havzalarining yonida sayr qilib yurgan vaqtida bolacha yugurib suvga borib qoladi va tushib ketadi. Bolachadan 1-2 yosh katta bo‘lgan opasi yoki akasi ham suvga sho‘ng‘ib, ukasini qutqarmoqchi bo‘ladi. Natijada shunday vaziyatlar bo‘lganki, bir oiladan bir nechta farzandlarning bir vaqtda vafot etishi kuzatilgan.

    Foto: “Daryo”

    Yana bir holatda bir xonadon egasi bog‘ini sug‘orish maqsadida ikki metr chuqurlikka ega suv havzasini qurgan. Kengligi to‘rt metr, chuqurligi ikki metr. Lekin uni xavfsiz qilib qo‘ymaganligi uchun 2020-yilda tug‘ilgan 3 yoshar bola suvga tushib ketadi. Uni olib chiqaman deb 2016-yilda tug‘ilgan opasi harakat qiladi. Ularga yordam berish uchun 2017-yilda tug‘ilgan qo‘shni qiz ham suvga tushadi. Ming afsuski, uchalasi ham suvdan chiqolmay, o‘sha joyning o‘zida vafot etishadi.

    Shuning uchun aholidan faqatgina ruxsat etilgan suv havzalarida cho‘milishlarini tavsiya etamiz.

    Birinchi yordam

    Cho‘kkan insonni suvdan olib chiqqandan so‘ng nafas olish organlaridan suvni chiqarib yuborish kerak. Boshini suv tomonga qiya qilib qirg‘oqqa yotqizish lozim. Cho‘kkan odamga sunʼiy nafas berish, unga birinchi yordam ko‘rsatish uchun bor-yo‘g‘i besh daqiqa berilgan. Shu besh daqiqaning ichida insonni asrab qolish mumkin.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    Foto: "Daryo"

    23.06.2023, 19:25   Izoh (0)   7507
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jizzax hokimligi Prado taʼmiriga 50 mln, O‘rta Chirchiq hokimligi Captiva’ga 30, Namangandagi GAI boshlig‘i esa 78 mln: mansabdorlar mashinasi taʼmiriga qancha sar...

    23.06.2023, 18:46

    Sirdaryo hokimligining 60 yillik nashrlari — “Yangi Sirdaryo” va “Novaya Sirdarya” gazetasi jamoasi iqtisodiy tanglik sabab yoppasiga taʼtilga chiqdi

    23.06.2023, 18:26

    Surxondaryo hokimligi har xil turdagi gullar uchun qariyb 200 mln so‘mlik shartnoma tuzdi

    23.06.2023, 18:11

    Ishsiz fuqaro 7 yil ijtimoiy soliq to‘lasa, pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi — Pensiya jamg‘armasi

    23.06.2023, 18:04

    Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha aviaqatnovlar joriy qildi 

    23.06.2023, 17:39

    Surxondaryoda YPX xodimi xizmat mashinasida avariyaga uchradi

    23.06.2023, 17:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent metrosining 7 ta bekati oralig‘ida harakat to‘xtatiladi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 10:42

    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi

    Reklama | 24 iyun, 10:30

    Qochib ketgan kelin, to‘satdan vafot etgan sozanda: xonanda Xurshid Rasulov to‘ylarda bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz holatlar haqida

    Musiqa | 24 iyun, 10:36

    O‘zbekistonda 25-iyun kuni harorat nisbatan pasayadi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 10:25

    “Do‘stlik” posti orqali yuklar elektron navbat bilan o‘tkaziladi

    Dunyo | 24 iyun, 10:21

    Messi “PSJ”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida dastlabki 1/8 final juftliklari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 24 iyun, 10:20

    O‘zbekistonda sun’iy ravishda narxni oshirib, keyin arzonlashtirib ko‘rsatish man etiladi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 10:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.