Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha 2023-yilgi Jahon chempionatining 8-kungi bahslari 8-may, dushanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.
-60 kg vazn toifasida Mujibillo Tursunov marokashlik Muhammad Hamudga qarshi jang qildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Tursunov keyingi bosqichda rossiyalik Vsevolod Shumkovga qarshi ringga chiqadi.
Mujibillo bundan avval hindistonlik Singh Varinder va gambiyalik Merri Kor ustidan g‘alaba qozongandi.
-86 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shohjahon Abdullayev Sagindik Tagambayga (Qozog‘iston) bilan keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi. Birinchi raundni Shohjahon o‘z foydasiga hal qildi. Ikkinchi raundda ham hakamlar o‘zbekistonlik bokschining ustunligini e’tirof etdi. Uchinchi raunddan so‘ng esa Shohjahon umumiy 5:0 hisobida raqibidan ustun keldi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Bundan avvalgi bosqichda Abdullayev Qirg‘iziston vakili Erkin Adilbek Uuluni mag‘lub etgandi.
8-may kungi janglarda Oybek Jo‘rayev (-54 kg) va Lazizbek Mullajonov (-92 kg) o‘z janglarini o‘tkazib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Kechki dasturda esa Shodiyor Meliqo‘ziyev (-48) raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Izoh (0)