Finlyandiya va AQSH mamlakatda Amerika harbiy bazalarini joylashtirishga ruxsat beruvchi ikki tomonlama kelishuv tayyorlamoqda. Bu haqda Finlyandiya tashqi ishlar vazirligi siyosiy bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Mikael Antell Helsingin Sanomat gazetasiga ma’lum qildi.
Mamlakatlar o‘rtasidagi kelishuvning barcha tafsilotlari hozircha oshkor qilinmagan, biroq u yadro quroliga taalluqli bo‘lmasligi ma’lum.
“Kelishuv AQSH Kongressi tomonidan Pentagonga ajratilgan mablag‘lar hisobidan qo‘shinlarga mamlakatga kirish, uning hududida qolish, materiallarni joylashtirish va saqlash hamda infratuzilmaga sarmoya kiritish imkonini beradi”, — deya Mikael Antellning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Helsingin Sanomat.
BBC rus xizmati taʼkidlaganidek, Qo‘shma Shtatlar NATOning boshqa davlatlari bilan ham xuddi shunday kelishuvlarga ega.
Shu yil aprel oyida Finlyandiya rasman NATOga a'zo bo'ldi. Bu qaror Rossiyaning Ukraina hududiga bostirib kirganidan ko‘p o‘tmay qabul qilindi.
Izoh (0)